Kontent qismiga oʻtish

Olim Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sportchi Olim Qurbonov (sportchi) bilan adashtirib yuborilmasin.
Olim Qurbonov
Tavalludi 1900-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Olim Qurbonov (1900-yil tavallud topgan) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1].

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1900-yilda O‘zbekistonning Andijon viloyati, hozirgi Paxtaobod tumani Uyg‘ur qishlog‘ida kambagʻal dehqon oilasida tug‘ilgan. Millati uygʻur. Bolaligidan u mahalliy kolxozlarda ishchi boʻlib ishlagan. Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi va undan keyin qishloq xoʻjaligining kollektivlashtirilishi bilan u qishloq hududida tuzilgan uygʻur kolxozida oddiy kolxozchi boʻlib ishlagan, keyinchalik Telman nomi bilan atalgan kolxozda faoliyat yuritgan. 1935—1939-yillarda paxtachilik brigadasi brigadiri bo‘lib ishlagan[1].

1939—1942-yillarda Paxtaobod tuman suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1940-yilda KPSS aʼzosi. 1942-yilda O‘zbekiston SSR Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Stalin nomidagi kolxoz raisligiga saylangan. 1949—1951-yillarda Oxunboboyev nomidagi kolxoz raisi bo‘lib ishlagan, so‘ng yana Stalin nomidagi kolxozga rahbarlik qilgan[2].

Kolxozda raislik qilgan uzoq yillar davomida paxta yetishtirish va yig‘ishtirib olish rejalarini muntazam ortig‘i bilan bajarib kelayotgan ilg‘or, iqtisodiy rentabelli xo‘jalikka aylandi. Olim Qurbonov Paxtaobod tumani qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, kolxoz iqtisodiyotini mustahkamlash, qishloq mehnatkashlarining turmush farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shdi[1].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilg‘or tajribalardan keng foydalanilgani, yuqori hosildorlikka erishgani uchun Qurbonov Olim Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va O‘roq va Bolg’a oltin medali bilan taqdirlangan[1].

U nafaqaga chiqqunga qadar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning yuqori sur’atlarini koʻrsatib, Stalin nomidagi kolxozga (keyinchalik „Moskva“ kolxozi deb oʻzgartirildi) rahbarlik qilishda davom etdi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1964-yildan nafaqaga chiqqan. U 1986-yil dekabrda vafot etgan[2].

Lenin ordeni (1957);

Mehnat Qizil Bayroq ordeni;

Faxriy nishon ordeni;

Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Olim Qurbonov biografiyasi“.
  2. 2,0 2,1 Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR, 10-go soziv. Tashkent, 1981.