Kontent qismiga oʻtish

Oqtepa yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IV-VIII asrlar Oqtepa MFY, Aburayim Sattorov ko‘chasida joylashgan. Oqtepa Zomin tuman markazida, yodgorlik majmuasi joylashgan Qo‘rg‘ontepadan taxminan 0,8-1.0 km masofa sharqda, Zominsuvning ung qirg‘og‘ida joylashagan. Yodgorlikning shimol va janub tarafidan avtoyo‘llar o‘tgan, sharqiy va g‘arbiy qismida joylashgan. Har tomondan qizg‘in va ko‘chmanchi hayotdan qolgan izlar -guvala va tosh devorlar, o‘t tushgan xo‘jaliklardan qolgan qat-qat chirindi va kul qoldiqlari, ora-sira joylashgan. Tepalikning janubiy qismiga tutash bo‘lgan, yirik g‘ishtlardan terilgan devorga yaqin joydan yer qatlamlarini o‘rganish uchun stratigrafik shurf (quduqsimon chuqurlik) qazildi. Uning o‘lchami 3x5 metr. Keyinchalik u 5x5 metr-tepalikga kengaytirildi. Qazish ishlari XXIV yarusdan yuqorisidagi geodezik minora ostida joylashgan beton ustun- ning o‘lchov shkalasidan boshlandi (3, 3-rasm). Dastlab tepa- likning ustki qismi sidirib olindi. Qatlam ostida arxeologik materiallar bilan qorishib ketgan anchayin yumshok kat-kat tuprok yotardi. Qazish ishlari pastga qarab, yuqorida tilga olingan devor yoqalab davom etdi.