Parkent
Parkent | |
---|---|
shahar | |
41°17′40″N 69°40′35″E / 41.29444°N 69.67639°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Parkent tumani |
Aholisi | 45 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Parkent — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shahar (1984-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi (Toshkent shahri)dan 47 km. Aholisi 45,5 ming kishidan ziyod (2003). Shahar aholisi va xoʻjaliklari Parkentsoy va Parkent kanalidan suv oladi. P.da 1 qoʻshma korxona, 22 kichik, 16 korxona, firmalar, 5 sanoat korxonasi, non zavodi, dehqon bozori bor. 14 umumiy taʼlim maktabi, musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan maktab, kasb-hunar maktablari, markaziy va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, „Kichkintoy“ bolalar xiyoboni, „Onalar va bolalar bogʻi“, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion (10 ming oʻrin), markaziy kasalxona, poliklinika, 12 dorixona, 75 savdo, 145 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. P. — Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnaydi.
P. oʻrnida dastlab muqim turar joylar miloddan avvalgi 2—1-asrlar chegarasida paydo boʻlgan. Shahar toʻgʻrisida „Boburnoma“da ham maʼlumotlar berilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |