Kontent qismiga oʻtish

Pargali Ibrohim posho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pargalı Ibrohim Podshohdan yoʻnaltirildi)
Pargali Ibrohim posho
Pargalı Damat İbrahim Paşa
Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri
Mansab davri
1523-yil – 1536-yilgacha
Monarx Sulaymon I
Oʻtmishdoshi Piri Mehmed posho
Vorisi Ayas Mehmed posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-noyabr 1493-yil
Parga, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 15-mart 1536-yil(1536-03-15)
(42 yoshda)
Istanbul, Usmoniylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Hadicha Sulton
Bolalari Usmon, Hurijahon

Ibrohim Posho (1493, Parga — 15-mart 1536, Istanbul) - Usmoniylar imperiyasining eng nomdor va turk davlati tarixida buyuk izlar qoldirgan davlat arbobi Sulaymon I ning Vaziri-Aʼzami va Xodicha Sultonning erisi. U hozirgi Gretsiyada joylashgan Parga qishlogʻida tugʻilgan. Shu sababdan Pargali Ibrohim Paşa nomi bilan chaqirilgan. Shuningdek, I.Sulaymonga yaqin inson sifatida davlat mansablaridan yuqori pogʻonalarga koʻtarilgani uchun Maqbul Ibrohim Paşa nomi bilan tanilgan, ammo uning oʻlimidan keyin Maktul Ibrohim Paşa laqabi berilgan.

Baʼzi bir tarix kitoblarida uning italyan yoki rumlik ekanligi aytiladi. Uning otasi baliqchi boʻlib oʻzi bolaligida dengiz qaroqchilari tomonidan oʻgʻirlab ketilgan va Onado'li yerlariga olib kelinib u yerda bir dul qolgan xotinga sotilgan. Oʻziga toʻq boy boʻlgan bu xotin Ibrohimning har tomonlama mukammal yetishishiga sababchi boʻlgan. Shu paytlarda Yovuz Salimning oʻgʻli Sulaymon hokimlik qilayotgan hududda, uning oʻzi bilan tanishgan. Baʼzi rivoyatlarga koʻra, Ibrohimning yaxshi skripka chalgani aytiladi va shu xususiyat ularning ilk tanishishiga sababchi boʻlgan.

Vazir Ibrohim juda tez yuqori mansablarga chiqadi. Eng boshida Xosxona (hukmdorlarning alohida ish va yashash joyi) boshligʻi, keyinchalik esa I.Sulaymoning ishonchi qozongani uchun va davlatdagi muvaffaqiyatlaridan keyin tez bir shaklda Usmonli davlatining eng yuqorida martabalariga erishdi. Sadraʼzam, Anadolu va Rumeli beylarbeyi unvonini oldi. Usmonli Davlatining lashkarboshisi va podshohning boshi vaziri martabasiga keldi. 1521-yilda Belgradning bosib olinishida, undan keyin 1522-yilda Rodos jangida muhim oʻrinlarni oldi. Shundan keyin sadraʼzam boʻldi. Misrda chiqqan itoatsizlik qoʻzgʻoloni oldini oldi va u yerda tinchlikni saqladi. Shu bilan birga Misr beylar beyi unvoni ham berildi. Misrda bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. Vengriyadagi Mohach jangi uning roli juda katta boʻldi va juda qisqa muddat ichida jangni gʻalaba bilan yakunladilar.
Undan keyin yana davlat sharqida chiqqan alavi-turkmanlar qoʻzgʻolonini bostirish uchun vazifalantirildi va uning olib borgan tadbirlari natijasida isyon bostirildi. I.Vena Gʻalabasi bilan tugagan 2.Vengriya safariga ham chiqdi. Avstriya imperatorining Usmonli sadraʼzamiga tenglashtirilgan 1533-yildagi Istanbul Kelishuvini ham shaxsan oʻzi olib bordi. Bu kelishuv Ibrohimning sayi-harakatlari natijasida Usmonli Davlati foydasiga hal qilindi.
Eronning Safaviylariga qarshi jangda birinchi safda joy oldi va Tabriz shahri egallandi. Tabrizdan keyin I.Sulaymonning qoʻshinlari bilan birlashib Bagʻdodni egallashdi.
Ibrohimning usmonli davlatidagi kuch-qudrati alohida diqqatga sazovordir. U davlatning eng oliy maqomi boʻlmish lashkarboshi boʻlganida oʻsha paytdagi davlat ramzlari 4 ta boʻlib, u 7 taga chiqarilgan va shu 7 ta ramzlardan 6 tasini Ibrohimga berilgan. Hukmdor oʻziga faqat 1 ta ramzni qoldirib, u ham boʻlsa, islom xalifaligi ramzi boʻlgan. Yana baʼzi bir manbalarga koʻra, Ibrohimning Sulaymonning singlisiga uylangani unga davlatda qudratli boʻlishiga yordam bergan. Ammo bu unchalik ham toʻgʻri emas. Ibrohimning yana xorij tillarini va madaniyatini bilishi ham unga davlat boshqarishida juda koʻp yordam bergan. Hozirga davrga qiyos qilib aytiladigan boʻlsa, Ibrohim usmonli davlatining tashqi ishlari vaziri ham hisoblangan. Davlatning butunlay tashqi masalalari Ibrohimning tamoman boshqaruvida boʻlgan. Istanbul Kelishuvida sadraʼzam sifatida Avstriya Imperatoriga tenglashtirilgan.[1][2]

Ma'lumotlarga qaraganda Ibrohim posho o'limi bilan bog'liq koʻplab sabablar ilgari surilgan. 1533-yilda Avstriya bilan tinchlik muzokaralari paytida elchilarga davlatning kuchi to'g'risida gapirib bergandan so'ng, u o'z kuchini quyidagicha ta'kidladi:

Men bu buyuk davlatni boshqarayotgan odamman.Hamma kuch mening qo'limda.Men viloyatlarni beraman,men xohlaganim bo'ladi,xohlamaganim bo'lmaydi.Hatto buyuk sulton ham biror narsani qilmoqchi bo'lsa, mening muhrimsiz hech nima qila olmaydi.Chunki harbiy kuch, tinchlik va urush o'rnatish, g'azna hammasi mening qo'limda.

Ushbu so'zlar bilan Ibrohim Poshoning hokimiyat ambitsiyasi shu darajaga yetgani tushuniladi. Iroqeyn yurishi paytida Posho sultondan soviy boshladi. Daftardor Iskender Chelebiyning qatl etilishi sultonni undan sovutgan sabablardan biri deb taxmin qilinadi.Koʻpgina tarixchilarning ta'kidlashicha, chet el elchilarining Ibrohim Posho bilan uchrashganligi to'g'risidagi xabarlariga asoslanib, u hokimiyatda shijoati bilan o'zi koʻp qarorlar qabul qilgan. Shuning uchun u 1536-yilda o'z hokimiyatidan xavotirda boʻlgan Sulaymonning buyrug'i bilan o'ldirilgan deb da'vo qilinadi.Shuningdek, Xurrem Sultonning o'g'li bo'lmagan Shahzoda Mustafoni qo'llab-quvvatlagani uchun Ibrohim Poshoning o'limida Xurram Sulton katta rol o'ynaganligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Bunyodkorlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

13 yil bosh vazirlik qilgan Ibrohim posho Istanbul, Makka,Selenik, Hezergrad, Kavalada masjid, maktab,madrasa, hammom, chashmaqurdirgan. Bugungi kunda poshoning saroyi Turk-islom muzeyi sifatida ish olib bormoqda.