Kontent qismiga oʻtish

Perforatsiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Perforatsiyalar (lot. perforatio — teshish, kirib olish) — 1) oʻsimliklarda oʻtkazuvchi va toʻrsimon naylar devoridagi teshiklar. P. orkali oziq eritmalar bemalol oʻtadi. P. qirqquloqlarda koʻp, koʻpchilik gulli oʻsimliklarda oddiy (oʻtkazuvchi nay boʻgʻimida bitta umumiy teshik) boʻlishi mumkin. Ayrim lishayniklarda P. — tallom poʻstlogʻi bir qismining halok boʻlishi tufayli vujudga keladigan teshikdan iborat boʻlib, gaz almashinuv vazifasini bajaradi. 2) tibbiyotda — kovak aʼzolar devo-rining teshilishi. Patologik jarayonlar natijasida, mas, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi yoki ingichka va yoʻgʻon ichaklardagi yaraning teshilishi; 3) xirurgik yul bilan suyakda teshik ochish.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil