Kontent qismiga oʻtish

Peripter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Peripter (yun.peripteros — kolonnalar bilan oʻralgan) — arxaik va klassik davrdagi yunon ibodatxonasining asosiy turlaridan. 4 tomonidan ustunlar bilan oʻralgan toʻgʻri burchakli bino. P. ichi yarim ochiq qism (pronaos), asosiy xona( naos) va undan ajratib orqa tomonga qurilgan pastqam xona — opistodom (undan koʻproq gʻaznaxona sifatida foydalanilgan)dan iborat. P.ning tashqi koʻrinishi (shakli)dan klassitsizm davri meʼmorlari unumli foydalanganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil