Kontent qismiga oʻtish

Pinositoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pinositoz (qadimgi yunoncha: πίνω (pino) – ichaman, shimib olaman va κύτος – hujayra) – suyuklikning hujayra membranasi tomonidan qamrab olinishi va hujayraga soʻrilishi (qarang fagositoz). Pinositozda suyuqlikni plazmatik membrana qamrab olib, mayda tomchilar holida hujayra ichiga oʻtkazadi. Pinosioz orqali suvda eriydigan makromolekulalar (oqsillar, lipidlar, glikoproteidlar) hujayra ichiga oʻtadi (bevosita pinositoz, yaʼni endositoz) va hujayradan chiqariladi (teskari pinositoz, yaʼni ekzotsitoz). Birinchi holda pinositoz pufakcha hujayraning bir (ichki) yuzasidan ikkinchi (tashqi) yuzasiga oʻtib, uning ichidagi moddasi atrof muhit (sitoplazma)ga chiqariladi. Ikkinchi holda Pinotsioz pufakcha ichidagi modda – sitoplazmada mezosomalar bilan qoʻshilib, fermentlar taʼsiriga uchraydi. Pinositoz amyobalarda, ichak va buyrak epiteliysi hujayralari, qon tomirlari endoteliysi, oʻsayotgan ootsitlarda ayniqsa faol kechadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil