Kontent qismiga oʻtish

Pirgeometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pirgeometr (yun. pyr — olov, ge — Yer va ... metr) — yer sirtining effektiv nurlanishi (yaʼni yer sirtining bevosita nurlanishi bilan atmosferaning roʻpara nurlanishi farqi)ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. P. galma-gal keladigan qora (gʻadir-budir) va nikellangan (yaltiroq) metall polosalardan iborat moslama (radiatsiya qabul qilgich) dan iborat (termoelektr P.). Effektov nurlanishni oʻlchash uchun P.ning qabul qilish sirti dam-badam osmon va Yer tomonga oʻgirib turiladi. Qora va yaltiroq polosalarning nurlanishni yutish va sochish xususiyati turlicha boʻlganligi uchun temperaturalar far-qi (termotok) paydo boʻladi. Termotok miqdori galvanometr bilan oʻlchanadi. P.ning mutlaq kompensatsion xili ham bor (V. A. Mixelson pirgeometri). Bunda polosalar qaramaqarshi tomonga karatib joylashtirilgan. U yer sirtining effektov nurlanishini bevosita aniklashga imkon beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil