Kontent qismiga oʻtish

Povellit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Povellit (amerikalik geolog J. Pouell nomidan) — molibdatlar sin-figa mansub mineral. Kalsiyning molibdati Sa[MoO4], tarkibida 72% MoO3, 28% SaO boʻladi, 10% gacha molibden izomorf tarzda volfram bilan almashadi. Tetragonal sistemada kristallanadi, dipiramidal va tabletkasimon kristallar hosil qiladi. Rangi sariq, sargʻishyashil, oq, koʻkimtiryashil, qizgʻish boʻladi. Olmos kabi yal-tiroq, tangasimon agregatlari sadaf rangli. Qattiqligi 3,5. Zichligi 4250– 4520 kg/m3. Oʻta moʻrt, sinish yuzasi notekis. Molibden rudalari oksidlanishi yoki gipergen jarayonlar zonasida molibdenit singari rivojlanib hosil boʻladi. Gipergen minerali si-fatida siyenit-pegmatitlarda va gidrotermal tomirlarda Islandiya shpati va seolitlar bilan birgalikda uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil