Kontent qismiga oʻtish

Pozovi menya s soboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Pozovi menya s soboy“
Alla Pugachyova qoʻshigʻi
Til ruscha
Yozilgan sanasi 1996
Chiqarilgan sanasi

14-may 1997-yil (radioda)

1998-yil („Da!“ albomi)
Davomiyligi 04:17
Leybl Medialayn Rekordz (Star Myuzik Edjensi kompaniyasi tarkibida)
Matn muallif(lar)i Tatyana Snejina
„Da!“ albomi xronologiyasi
„Uspokoy“ Pozovi menya s soboy „V Peterburge groza“
Klipi
YouTube logotipi Pozovi menya s soboy YouTubeda

Pozovi menya s soboy – bastakor va shoira Tatyana Snejinaning qoʻshigʻi. Snejina vafotidan ikki yil oʻtgach, qoʻshiq Alla Pugachyova tomonidan ijro etilganidan keyin mashhurlikka erishdi (qoʻshiq 1998-yildagi „Da“ albomidan joy olgan).

2015-yilda „Russkiy reportyor“ jurnali tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijasida qoʻshiq matni Rossiyada eng mashhur 100 ta sheʼriy satrlar orasida 23-oʻrinni egalladi[1].

Qoʻshiq Tatyana Snejina tomonidan 1993-yilda yozilgan boʻlib, uning oʻzi konsertlarida qoʻshiqni ijro etgan. Shoira 1995-yil 21-avgustda Novosibirsk viloyatida avtohalokatda vafot etganidan soʻng, uning akasi qoʻshiqning yozuvini Alla Pugachovaga yuboradi va Pugachyovauni oʻzining repertuariga kiritgan. Pugachyovatomonidan ijro etilgan qoʻshiq mashhurlikka erishib, „Pesnya goda −97“ tanlovida gʻolib chiqqan.

Qoʻshiq uchun klip suratga olish jarayonlari 1997-yil avgust oyida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtdi.

Qoʻshiq mashhur „Ulitsi razbitix fonarey“ teleserialining aktyorlari tomonidan ham ijro etilgan va teleserialning bir nechta epizodlarida qoʻyilgan. Serialning „Visokoe napryajenie“ epizodida „havaskor ijro“ koʻrinishida qoʻshiq akkordeon va trombon orqali erkaklar xori tomonidan ijro etilgan[2].

2000—2001 yillarda qoʻshiq TV-6 kanalida „Polzuyas sluchaem“ musiqiy telekoʻrsatuvida koʻp marta qoʻyilgan.

2002-yilda qoʻshiqchi Vlado Janevski qoʻshiqning makedoncha versiyasini yozgan. Bu versiya „Tajna otrovna“ („Zaharli sir“) nomi bilan qoʻshiqchining „Ima neshto posilno od se“ albomiga kiritilgan.

2019-yilda qoʻshiq YouTubeʼda Palina tomonidan Tatyana Snejina qoʻshigʻining kaver-versiyasi sifatida yangi aranjirovkada ijro etilgan.

2020-yilda qoʻshiq „Maska“ shousining birinchi mavsumining 5-qismida ijro etiladi. Uni MBAND guruhining sobiq aʼzosi qoʻshiqchi Anatoliy Soy sher niqobi ostida ijro etgan.

2020-yilda qoʻshiq TikTok foydalanuvchilari tomonidan qoʻshiq musiqasi ostida videolar suratga olishni boshlasnishi va, „Alla Pugachyovax 50 Cent x Snoop Dogg – Pozovi menya s soboy, P. I. M. P.“ komik parodiyasidan soʻng tezda mashhurlikka erishdi[3].

2020-yidagi „Soderjanki“ (2-mavsum) serialining saundtreklari orasida qoʻshiqning Sabina Ahmedova ijrosidagi versiya ham bor[4].

2021-yilda qoʻshiqchi Anna Herera de Pavon „Pozovi menya s soboy“ [5] qoʻshigʻining oʻz talqinini chiqaradi.

2022-yilda „Grom: Trudnoe detstvo“ filmining birinchi treylerida qoʻshiq qoʻyilgan.

  1. Виталий Лейбин, Наталья Кузнецова. „Слова не выкинешь. Какие песни мы поем в душе и какими стихами говорим“. rusrep.ru (2015-yil 26-iyun). 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.
  2. Akteri, po slovam Nilova, ne xoteli na sʼyomkax pet pesnyu, iz-za tragicheskoy sudbi avtora pesni Tatyani Snejinoy, i spesialno ispolnili pesnyu „zlobno“, odnako ona stala xitom sredi poklonnikov seriala. Zvezda „Ulits razbitix fonarey“ rasskazal o mesti Pugachevoy // Lenta.ru, 14 marta 2024
  3. „Алла Пугачева x 50 Cent x Snoop Dogg – Позови меня, P.I.M.P.“ (русский). 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  4. „Музыка и песни из сериала Содержанки | soderzhanki.info“ (ru). 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
  5. Neojidanniy kaver xita novosibirskoy poetessi vosxitil melomanov – MK Novosibirsk