Kontent qismiga oʻtish

Probatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Probatsiya – sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazo ijro etilishini taʼminlaydi. Shu bilan birga, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi[1][2].

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.

2018-yil 7-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida Probatsiya xizmati tashkil etilgan[3].

2023-yil 27-oktabr kuni Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida „Probatsiya toʻgʻrisida“gi qonun maqullangan[4][5].

2024-yil 7-avgust kuni Prezident tomonidan „Probatsiya toʻgʻrisida“gi OʻRQ-938-sonli qonun imzolangan[6].