Proteasoma
Proteasoma - ko'p oqsillardan iborat bo'lgan kerakmas va defektli oqsillarni proteolizida (peptid bog'larning uzilish reaksiyasi) qatnashadigan kompleks. Proteasomalar hamma eukariotlar, arxeylar va bir xilgi bakterialar hujayralarida uchraydilar. Eukariotlar hujayralarida proteasomalar yadro va sitoplazmada joylashadi. Hujayradagi oqsillarning 80-90%ning proteolizi proteasoma ishtirokida bo'lid otadi.
Proteasoma oqsilni proteolizlashi uchun kerakmas va defektli oqsillarga ubikvitin deb nomlanadigan kichik oqsil birikib, ular proteolizga tayyor deb belgilanib qoyishlari kerak. Ubikvitinning oqsilga birikishi maxsus ferment - ubikvitinligaza tomonidan ta'minlab beriladi.
Proteasomada bo'lib o'tadigan oqsil proteolizi hujayra hayotida katta ahamiyatga ega. 2004-yili proteasoma va ubikvitin ishtorokida bo'lib o'tadigan oqsil proteolizini kashf etganlari uchun Aaron Chenaxover, Avram Greshko va Irvin Rouz Kimyo fanidan Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |