Kontent qismiga oʻtish

Qayroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayroq
Turi

Urma-zarbli cholgʻu asbobi
Oʻxshash asboblar

Kastanetlar


QayroqOʻrta Osiyo xalqlari oʻrtasida tarqalagan jismi sadolanuvchi (idiofon) urma cholgʻu asbobi[1].

Tuzilishi va ijro etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayroq zarbli cholgʻular guruhiga kiradi. Uning tuzilishi yapaloq, tekis qilib silliqlangan ikki juft yupqa choʻzinchoq qoratoshdan iborat boʻlib, turli ritmik-usullarni ijro etish va raqs kuylarida asar koloritini boyitish maqsadida qoʻllanadi. Xorazmda qayroqlarning bir jufti temirdan va bir jufti esa toshqayroqdan iborat boʻladi[2].

Ijrochi har bir qoʻliga bir juftdan qayroq olib, ularni bir-biriga urib, silkitib yoki titratib ijro qiladi. Koʻp hollarda u raqqosa, dorboz, yogʻochoyoq oʻyinchilar tomonidan ijro etilib, raqs harakatlariga mos turli usullar (koʻp hollarda „rez“) hosil qilinadi[3].

Qayroq raqslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayroq oʻyin — qayroqlarni titratib ritm (usul) chiqarish orqali bajariladigan raqs turi. Raqqos ularni bir-biriga urilishidan chiqqan ritmik tovushni oʻz raqsiga joʻr qiladi. Qayroq oʻyinini raqsga tushuvchi bajaradi va shu ritm oʻynaydi[3]. Bundan tashqari Buxoroda „Qayroqbozi“, Xorazmda „Orazibon“ va „Norim-Norim“ kabi qayroq joʻrligida ijro etiladigan raqslar mashhur.

Oʻxshash cholgʻular

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayroqqa oʻxshah cholgʻulardan Ispaniya, Italiya, Lotin Amerika xalqlarida keng tarqalgan va simfonik orkestr hamda baʼzi ansambllar tarkibiga kiradigan kastanetlar mavjud. U kichik qoshiqsimon, yapaloq boʻlib, qattiq yogʻoch yoki plastmassadan yasaladi.

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4. 
  2. Saibjon Begmatov; Matrasul Matyoqubov. Oʻzbek anʼanaviy cholgʻulari, (Madaniyat, sanʼat akademik litsey va kollejlari uchun oʻquv qoʻllanma), Toshkent: "Yangi nashr" nashriyoti, 2008 — 72-bet. ISBN 978-9943-330-13-9. 
  3. 3,0 3,1 Ilyos Akbarov. Musiqa lugʻati. Toshkent: "Oʻqituvchi" nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.