Raul qonunlari
Raul qonunlari — eritma ustidagi erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi bilan eritmaning tarkibi orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi qonunlar. Raul eritma bugʻ bosimining sof erituvchi bugʻ bosimiga qaraganda past boʻlishidan foydalanib bir nechta mutsim qonunlar kashf etdi. Eritma bugʻ bosimining pasayishi sababli eritmaning muzlash temperaturasi sof erituvchining muzlash temperaturasidan past boʻladi, uning qaynash temperaturasi esa sof erituvchinikidan yuqori boʻladi. Bu kattalik erituvchining tegishlicha krioskopik yoki ebulioskopik konstantasi deb ataladi. Raul qonunlariiga asoslanib erituvchida erigan moddalarning mol. m. aniqpanadi. Erituvchi muzlash temperaturasining pasayishiga karab mol.m.ni aniqlash usuli — krioskopik usul, qaynash temperaturasining kutarilishiga qarab aniqlash usuli esa ebulioskopik usul deb ataladi. Qonunlar 1882—88 yillarda F.M.Raul tomonidan kashf etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |