Rigadagi NATO sammiti (2006)
Rigadagi NATO sammiti (2006) Rigadagi NATO sammiti (2006) | |
---|---|
Mezbon davlat | NATOga a'zo barcha davlatlar |
Sana | 2006-yil 28-29-noyabr |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Latviya poytaxti Riga |
Rigadagi NATO sammiti (inglizcha: 2006 Riga summit) - Shimoliy Atlantika ittifoqiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari va hukumat rahbarlarining 2006-yil 28-29-noyabr kunlari Riga shahrida bo'lib o'tgan o'n to'qqizinchi sammiti. Bu sobiq SSSR respublikasi hududida o'tkazilgan NATOning birinchi sammitidir. Uchrashuv birinchi navbatda NATO boshchiligidagi xalqaro xavfsizlik kuchlari va Afgʻonistondagi “Tolibon” harakatining qurolli harakatlarini muhokama qilishga bagʻishlandi. Afg'onistondagi urush paytidagi qurolli qarama-qarshilik natijalari[1][2], Bolqon mamlakatlarining NATOga qo'shilishi, shuningdek, NATO a'zolarini ko'payishini davom ettirish masalalari muhokama qilindi. Alyans bilan hamkorlik qilish majburiyatini olgan boshqa davlatlar bilan ko'plab xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Xavfsizlik choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]28-noyabrga oʻtar kechasi sammit tinch o'tishi[3] uchun Latviya poytaxti markazi yo'llari harakatlanish uchun butunlay yopib qoʻyildi. Sammitni himoya qilish uchun harakat qilgan latviyalik zobitlar, politsiya va xavfsizlik xodimlaridan tashqari, Litva va Estoniya askarlari, Chexiya kimyoviy-mudofaa bo'linmalari, URO kreyseri (raketa kreyseri)bo'linmasi, havo hujumidan mudofaa esminetsi, 12-qiruvchi (Boltiqbo'yi osmonida patrullik qiluvchi sifatida) bo'linma, Latviya va Fransiya vertolyot bo'linmasi, Estoniyaning "Pasi" zirhli transport vositalaridan iborat - jami 9000 ga yaqin askarlar[4] ishtirok etishgan. Sammit oʻtkaziladigan joylarga kirish ham cheklangan. Xususan, "Olimpiya" sport markazi, “Qora nuqtalar uyi” va Latviya universiteti zalida boʻlib oʻtagan tadbirlar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Sammit
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitning birinchi kuni ilgʻor harbiy texnologiyalar koʻrgazmasining ochilish marosimi bilan boshlandi. Ko'rgazmani Latviya Prezidenti Vayra Vike-Freyberga va NATO Bosh kotibi Jaap de Hoop Scheffer ochib berdi. Tantanali nutqlardan keyin sammit ishtirokchilari oldindan ogohlantiruvchi samolyotlarning maketlarini, jangovar axborot tizimlari, shuningdek, har bir askar uchun axborot tizimlarining ilgʻor ishlanmalari koʻrgazmasini koʻzdan kechirdi. Bunday ishlanmalar Amerika, Germaniya, Italiya va Daniya firmalari tomonidan taqdim etilgan.
Koʻrgazma doirasida raketaga qarshi mudofaa tizimi uchun ma'lumotlarni o'qish dasturini yaratish boʻyicha birinchi kelishuv imzolandi. Dastur 75 million yevroga baholandi. Shartnoma Amerikaning SAIC konserni bilan imzolangan (inglizcha: Science Applications International Corporation). Raketaga qarshi mudofaa tizimi (Active Layered Theater Ballistic Missile System) - NATO kuchlarini, ballistik raketalardan himoya qilish uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitning asosiy mavzusi Shimoliy Atlantika alyansining Afgʻonistondagi missiyasi boʻyicha yagona fikrga kelishga birdamligini muhokama qilish edi[5]. Murakkab muzokaralardan soʻng, davlat va hukumat rahbarlari Afgʻonistondagi qoʻshinlar sonini oshirish kerak degan xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, asosiy masalalardan biri bo'lgan NATOni yanada kengaytirish masalasi ham e'tibordan chetda qoldirilmadi. Quyidagi davlatlar: Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya, Albaniya, Xorvatiya va Chernogoriyaning NATOga kirishi mumkinligi muhokama qilindi. Sammitda Ukraina va Gruziyaning NATOga kirishi muhokama qilinmadi, lekin bu haqda gapirildi.
Afg'onistondagi urush
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitdan oldin va sammit davomida AQSh prezidenti George W. Bush, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tony Blair, Kanada Bosh vaziri Stephen Harper va Gollandiya Bosh vaziri NATOga a'zo mamlakatlariga, Yevropaning yetakchi rahbarlarigaAfg'oniston janubidagi mojaro zonasiga qancha imkoni bo'lsa shuncha qurolli kuchlarni jo'natish bo'yicha bayonot bilan murojaat qilishdi[6][7]. Ushbu bayonotdan oldin NATO kuchlarining Yevropadagi Oliy qo'mondoni James Jones jangovar bo'linmalarning yetishmayotganini, kerakli vertolyotlar va harbiy razvedka ma'lumotlari almashinuvi yetishmayotganini ta'kidlagan.
NATOga aʼzo Yevropa davlatlari yetakchilari Afgʻoniston janubidagi jangovar harakatlarida ishtirok etish masalasiga qatʼiyan qarshi boʻlishdi. Ammo harbiy resurslarning bir qismini jalb qilishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, NATO a'zolari favqulodda vaziyatlarda har bir ittifoqchi yordamga muhtoj bo'lgan davlatga yordam berishga majburiyatini oldilar. NATOga aʼzo qator davlatlar, Afgʻonistondagi NATO kuchlarini, jumladan, qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar va piyoda askar bo'linmalarini qurollantirish uchun qoʻshimcha kafolatlar berishdi. NATO yetakchilari Fransiyaning Afgʻoniston boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi “aloqa guruhi”ni yaratish taklifini qoʻllab-quvvatladilar. Ammo AQSh bu taklifga, xususan, Afgʻonistonga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan Eronning ishtirokiga shubha bilan qaradi[8]. Davlat va hukumat rahbarlari boshliqlari 1990-yillardagi Yugoslaviya urushlari davridagi askarlarning jangovor bo'linmalaridan namuna olish kerak degan fikrga kelishdi.
NATO Bosh kotibi Jaap de Hoop Scheffer sammitning asosiy masalasini sarhisob qilar ekan, tashkilot rivojlanish bosqichida ekanligini aytdi. Jaap de Hoop Scheffer toʻgʻridan-toʻgʻri kuch ishlatishga qatʼiyan qarshiligini va Tolibon rejimi magʻlubiyatga uchraganidan keyin, besh yil oʻtib Afgʻoniston butun dunyo uchun xavf tugʻdirmaydigan, zamonaviy demokratik mamlakatga aylanishini va isyonchilarning magʻlubiyatini oldindan aytib o'tdi. Jaap de Hoop Scheffer, shuningdek, Afgʻonistonda koʻplab muammolar mavjudligini, lekin uning fikricha, asosiy muammolar “yangi” mamlakatni qayta qurish va rivojlantirish ekanligini taʼkidladi[9].
NATOning dunyodagi o'rni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana bir muhim masala NATOga a'zo bo'lmagan, jumladan Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan yaqin munosabatlarni o'rnatish masalasi bo'ldi[10]. AQSH va NATOning boshqa baʼzi aʼzolari bu davlatlar bilan yaqinroq aloqada boʻlishni talab qilishdi. AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Nicholas Burns AQShning taklifini bunday izohladi:
Biz ular bilan yanada yaqinroq va jadal hamkorlik qilishga intilamiz. Xuddi Iroqdagi Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan yaqin bo'lganimizdek, Bolqonda birga harakat qilganimizdek[11]
NATOning "global kengayishi" g'oyasi Fransiya tomonidan qoralandi va NATO mintaqaviy mudofaa Ittifoqi bo'lib, u "qanotlarini yoyishi" kerak emas degan fikrni beradi.
Sammitda NATOning kelajakdagi roli boʻyicha kelishuvga erishilmadi va natijada sammitdan keyin ham bu masala boʻyicha bahslar davom etdi.
Boshqa mavzular
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kosovo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitda davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari NATO boshchiligidagi xalqaro kuchlarga (KFOR) Kosovoda barqarorlikni saqlab turish vazifasini qaytadan yukladilar[12]. Bu qaror Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosovoning Serbiyadan mustaqil bo'lishi ni qo'llab-quvvatlash qaroriga o'xshash edi. NATO aʼzolari bunday qaror Serbiya va Kosovo oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishiga olib kelishi mumkinligi bildirdilar va shuning uchun mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan nazorat qilishni davom etishga kelishib oldilar.
NATOning boshqa davlatlar bilan hamkorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammit paytida NATOga a'zo davlatlar Bosniya va Gertsegovina, Chernogoriya va Serbiyaga "Tinchlik yo'lida hamkorlik" harbiy dasturiga kirishni taklif qilishdi. Davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari ushbu uch davlatning dasturni qabul qilishini, NATOga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlishiga umid qildi[13].
Sammitda O'rta yer dengizidagi mamlakatlari (Mavritaniya, Marokash, Jazoir, Tunis, Misr, Isroil va Iordaniya) NATOning o'quv va ma'rifiy dasturlarida ishtirok etishga taklif qilindi[14].
Keng qamrovli tomonlama siyosiy boshqaruv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammit 2006-yil iyun oyida NATO mudofaa vazirlari tomonidan shartli ravishda kelishib olingan, Keng qamrovli siyosiy boshqaruv shartnomasini rasman tasdiqladi[15]. Shartnoma NATOning keyingi 10-15 yil uchun asosi va siyosiy yo'nalishini belgilab beradi.
Shartnomada ko'rsatilishicha, yaqin oʻn yilliklarda Alyans uchun bo'ladigan asosiy tahdidlar sifatida, birinchi navbatda, terrorizm, mintaqaviy inqirozlar, yangi texnologiyalardan notoʻgʻri foydalanish, hayotiy resurslar oqimining uzilishi va boshqalar ko'rsatildi. NATO ushbu yangi tahdidlarga moslashishi va kelgusi 10-15 yil ichida ushbu tahdidlarning oldini oladigan, umumiy profilaktik ekspeditsiya kuchini yaratishi kerakligi aytildi. Imzolangan hujjatda, NATO kuchlari turli missiyalar, operatsiyalar va hokazolarni amalga oshirishga qodir bo'lishi kerakligi ta'kidlanadi[16].
Energiya xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]NATO sammitida birinchi marta Alyansga aʼzo mamlakatlarning energiya xavfsizligini taʼminlash zarurligi[17] qayd etildi. Sammitda ishtirokchilar Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi energiya mojarosiga aylanib ketgan va Yevropa davlatlariga, birinchi navbatda NATO aʼzolariga zarar yetkazgan hozirgi voqealar bo'lishini oldindan xavotir bildirgan edi.
NATOning ayrim yetakchilari, jumladan, Latviya prezidenti Vaira Vike-Freiberga ushbu inqirozni yengish uchun zarur choralarni koʻrishga chaqirdi. Shuningdek, sammit a'zolari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishga harakat qilishdi. Ammo Putin Riga sammitida qatnashmadi va buning oʻrniga 2006-yil 28-noyabrda Minskda boʻlib oʻtgan MDH sammitida ishtirok etdi[18].
NATOning kengayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammit davomida davlat va hukumat rahbarlari uchta Bolqon davlatining: Albaniya, Xorvatiya va Makedoniyaning NATOga aʼzo boʻlish boʻyicha harakat rejasidagi ishlari e'tirof etildi. Ushbu davlatlar 2008-yilda Buxarestda boʻlib oʻtadigan NATOning navbatdagi sammitiga taklif etildi[19].
Ushbu sammitda alyans rahbarlari, NATO Yevropaning yangi a'zolari uchun ochiqligini tasdiqladi. Shu bilan birga, Ukraina va Gruziyaning Alyansning toʻla huquqli a’zosi boʻlish masalasida, ayrim davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari ushbu davlatlarni NATOga a'zo bo'lishga qarshi bo'lishdi[20]. Estoniya bosh vaziri Andrus Ansipga ko'ra, Gruziya Ukrainadan farqli o'laroq, rejalashtirilgan islohotlar shunday davom ettirsa, NATOga a'zo bo'lish imkoniyati juda yaxshi ekanligini ta'kidlab o'tdi.
NATOning tezkor javob kuchlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitda NATO Bosh kotibi Jaap de Hoop Schefferning ta'kidlashicha, NATO tezkor javob kuchlari kam tarkibga ega bo'lishiga qaramay Shimoliy Atlantika Kengashining ishonchnomasi orqali butun dunyo bo'ylab missiyalarni bajarishga to'liq qodirdir[21](bu birinchi navbatda evakuatsiya, tabiiy ofatlarni boshqarishga taalluqlidir). terrorizmga qarshi kurash va boshqalar). Davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari tezkor harakat kuchlarining xarajatlarini boʻlishishga kelishib oldilar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ S. MITROPOLITSKI, NATO summit: Border with Russia is (almost) drawn, November 2006.
- ↑ M. BUCHER, «NATO, Riga and Beyond» in Disarmament policy, (2007), 84, NATO, Riga and Beyond | Acronym Institute (Wayback Machine saytida 2014-02-02 sanasida arxivlangan)
- ↑ „I-LATVIA, NATO Summit in Riga, 2006“. 2013-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
- ↑ L. NEIDINGER «NATO team ensures safe sky during Riga Summit» in Air Force Link, 8 December 2006, U.S. Air Force — Mobile
- ↑ Reynolds, Paul. „Nato looks for global role“. BBC News (2006-yil 27-noyabr). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-may.
- ↑ X, «NATO and Nuclear Weapons» in Disarmament Policy, 29 November 2006, Can NATO transform for the 21st century? | Acronym Institute (Wayback Machine saytida 2012-02-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ D. DOMBEY & S. FIDLER, «Nato makes limited progress on troops» in The Financial Times, 29 November 2006, Nato makes limited progress on troops — FT.com
- ↑ Agence France-Presse, «Afghanistan being won: NATO» in The Daily Telegraph, 30 November 2006,
- ↑ „Closing press conference by NATO Secretary General, Jaap de Hoop Scheffer“. 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
- ↑ BBC News, Nato looks for global role, 27 November 2006, BBC NEWS | Europe | Nato looks for global role
- ↑ „Briefing on NATO Issues Prior to Riga Summit“. 2006-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-noyabr.( at www.state.gov Error: unknown archive URL 20090114223917 sanasida arxivlangan)
- ↑ „X, NATO — The Way to Riga and onward, 2006“. 2007-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
- ↑ NATO, Alliance offers partnership to Bosnia and Herzegovina, Montenegro and Serbia, 30 November 2006,
- ↑ NATO, NATO launches training initiative for Mediterranean and Middle East, 30 November 2006,
- ↑ „NATO, Comprehensive Political Guidance, 29 November 2006“. 2006-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 4-dekabr.
- ↑ NATO,, 30 November 2006, «NATO sets priorities for new capabilities for next 15 years»
- ↑ „NATO, Riga Summit Declaration, 29 November 2006“. 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
- ↑ S. CASTLE, «Call for unity among Nato in Afghanistan» in The Independent, 29 November 2006,
- ↑ NATO, New countries could be invited to join NATO in 2008, 30 November 2006,
- ↑ T. KUZIO, «Georgia outshines Ukraine at recent NATO summit in Riga» in German Marshall Fund, 20 December 2006,
- ↑ NATO, NATO Response Force declared fully operational, 30 November 2006.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rigadagi NATO sammitining rasmiy sayti
- NATOning Riga sammiti NATO veb-saytida
- Rigadagi NATO sammiti AQSh Davlat departamenti saytida
- M. Bucher, "NATO, Riga va Beyond" (Wayback Machine saytida 2014-02-02 sanasida arxivlangan) Qurolsizlanish siyosatida , (2007), 84