Sanjar Xamidullayev
Sanjar Asatulayevich Xamidullayev (1976-yil 22-mart, Toshkent shahri) – oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xamidullayev Sanjar Asatulayevich 1976-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1999-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki mutaxassisi lavozimida boshlagan, 2001—2004-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspirant, 2006—2014-yillarda Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti ilmiy xodimi, loyihasi rahbari, 2014-2015-yillarda Oʻzbekiston NNTMa direktori, 2015-2020-yillar-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimida faoliyat yuritmoqda[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hamidullayev Sanjar Asatulayevich“ (parliament.gov.uz).
- ↑ „Депутат: «В Узбекистане на каждые сто тысяч жителей страны приходится в среднем 140 осужденных»“ (kun.uz).