Kontent qismiga oʻtish

Sarg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Metall Rulon[1]

Sarg materiali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarg (Сарг) - bu metall o`ramasi hisoblanib, asosan mashinasozlik xom-ashyosi sifatida metall zavodlarida ishlab chiqariladigan mahsulot hisoblanadi.

Qo`llanilish sohalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarg materialidan sanoatning boshqa bir turli sohalarida ham foydalaniladi.

  • mustahkamlovchi materiallar
  • mahkamlash materiallari
  • yuqori bosimli qurilmalarning korpuslari
  • avtomobil ishlab chiqarishda
  • maishiy texnikalar qobiq-korpus qismlari

Ehtiyot choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • transportatsiya - mahsulotni tashishda tezlikka ehtiyot bo'lish lozim, aks holda u muvozanatini yo'qotishi bilan hatto transport vositasini ham foydalanib bo`lmas holga keltirib qo`yadi.
  • yuklash va tushirish - material o`rami juda og`ir hisoblanadi shuning uchun u kranlarda yoki og`irbardosh karalarda yuklab bo`shatilinadi.
  • rulonni ochishda o`ta ehtiyotkorlik talab etiladi. Mustahkam va zich holatdagi o`ram ochilishi bilan kengayib yoyilishga harakat qiladi. Ushbu vaqtda atrofdagi odamlar yoki texnikalarga qattiq shikast yetkazishi mumkin. Rulonlar asosan gazpayvandlagich orqali gardishdan halos etilib bo`shatilinadi.
  1. „Metall rulon“. 2024-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.