Sayaqbay Karalayev
Sayaqbay Karalayev (qirgʻizcha: Саякбай Каралаев; 1984—1971-yil 7-may, Frunze) sovet va qirgʻiz shoiri va buyuk manaschisi . Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1939).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1894-yilda Ak-Olyon shaharchasida (hozirgi Ton tumani Issiqkoʻl viloyatida) Bugʻu qabilasining Ariq urugʻidan boʻlgan kambagʻal Karala oilasida dunyoga keldi[1]. Yoshlik yillarida yollanma ishchi boʻlib ishladi. 1916-yilda qirgʻizlarning Rossiya imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolonida qatnashdi. 1918-yilda u Qizil Armiya safiga koʻngilli sifatida yozildi. Fuqarolar urushi davridan 1922-yilgacha Turkiston frontida Oq gvardiyachilar va Bosmachilar bilan jang qildi. Urushdan keyin taxminan olti yil Prjeval shahri yaqinidagi qishloqlarda qishloq soveti raisi boʻlib ishladi.
Sayaqbay Karalayev 1971-yil 7-mayda Frunze shahrida vafot etdi va Ala-Archa qabristoniga dafn qilindi[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayaqbayning ijodiy qobiliyati bolalikdanoq namoyon boʻla boshladi. Sayaqbay Qizil Armiya safida xizmat qilgan yillarda buvisidan eshitgan qirgʻiz xalq eposi "Manas"dan parchalar ijro etdi.
Sayaqbay 1920-yillarning oxirlarida Maman qishloq soveti raisi boʻlib ishlayotganida, oʻsha qishloqda istiqomat qiluvchi mashhur manaschi Choyuk Omurov bilan tanishganidan keyin u professional Manas ijrochisiga aylanadi. U bir necha yillar davomida Omurov xonadonida Manas ijro qilish sanʼatini oʻrganadi. 1930-yilda u Frunzega professional manaschi sifatida taklif qilinadi.
Sayaqbay Karalayev ajoyib xotira egasi edi va qirgʻiz milliy folkloridan juda yaxshi xabardor edi. U „Manas“ eposi trilogiyasiga anʼanaviy epik syujetlar yaratdi va ularni mukammal darajada ijro qildi. 1930-1940 yillarda folklorshunoslar Ibraim Abdirahmanov, Djunus Irisov, Kerim Djumabayev, Kurman Kidirbayev va Sayaqbay Karalayev hamkorlikda „Semetey“ va „Seytek“ asarlarini hamda „Tyoshtuk“ qahramonlik dostonlarini yozishdi. Chingiz Aytmatov manaschi Sayaqbay Karalayevni „XX asr Gomeri“ deb atagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1939)
- 3 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (shuningdek 07.06.1939 va 01.11.1958)
- Hurmat Belgisi ordeni (24.10.1964)
- medallar
- Qirg'iziston SSR Oliy boshqaruvning fahriy yorliqlari
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qirgʻiziston hududida Sayaqbay Karalayev surati tushirilgan 500 soʻmlik banknota muomalaga kiritilgan[3].
U haqida yaratilgan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2017-yilda Sayaqbay Karalaev haqida „Sayaqbay Gomer 20 veka“ nomli film suratga olindi. Filmda bosh rolni aktyor — Marat Jantaliyev ijro etdi. Film rejissyori Ernest Abdijaparov. Bosh prodyuser-Samat Ibrayev[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Каралаев Саякбай // Большая советская энциклопедия: [в 30 т.] / под ред. А. М. Прохоров — 3-е изд. — М.: Советская энциклопедия, 1969..
- ↑ „Как выглядят "престижные кладбища" Центральной Азии. Фоторепортаж“. 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ „Информация о банкноте на сайте Национального Банка Киргизской Республики“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-fevral.
- ↑ „Летом зрителям представят фильм о манасчи Саякбае Каралаеве“ (ru). Информационное Агентство Кабар. 2017-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-aprel.