Kontent qismiga oʻtish

Sitorai Mohi Xosa (qarorgoh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sitorai Mohi Xossa saroyidan yoʻnaltirildi)

Sitorai Mohi Xosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroybogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (182660) va Muzaffarxon (1860 — 85) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885—1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910—20)da yangi saroy qurilgan. S.M.X. maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbiriga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi — yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanilgan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yogʻochdan qilingan ikki tabaqali darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatilgan. Darvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shim. tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, jan. tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Binoga kiraverishda Gʻozgʻon marmaridan usta Abdurahim yoʻnib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi daxlizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjimador, nafis naqshlari jozibador gullari bilan uygʻunlashgan. Devorning koʻzgulardan iborat boʻlishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning koʻzni qamashtiradigan darajada oqligi xonani kurkam qilib koʻrsatadi. Oqsaroy 2 yil mobaynida Us t a Shirin rahbarligida (25 — 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shimoliy qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida saqlab qolgan. Bogʻning qoq oʻrtasida 8 xonali koʻshk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Oshxonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Koʻshkning janubida toʻgʻri burchakli devori tokchali katta xona boʻlgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxona va xizmatkorlar uchun moʻljallangan. Bogʻning janubida ikki qavatli masjid, katta hovuz qurilgan (191718). Hovuz kulrang Gʻozgʻon marmari bilan qoplangan. Binoning ichida uzun yoʻlak boʻlib, xonalari faqat bir tomondan shamollatilgan. Hoz S.M.X.da Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi, dam olish uyi va bolalar sanatoriysi joylashgan.