Smart zavodi yongʻini (Qarshi)
Qiyofa
Smart zavodi yongʻini | |
---|---|
Asosiy | |
Sababi | nomaʼlum |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joy | Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati |
Sana | 2024-yil 20-iyul |
Talofatlar | |
Jabrlanganlar | mavjud emas |
Xarita |
Smart zavodi yongʻini – 2024-yil 20-iyul kuni soat taxminan 18:20 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan „S-Smart“ brendi ostida televizor ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodda kelib chiqqan yongʻin[1][2]. Yongʻinni bartaraf etish uchun Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi otryadlari jalb qilingan. Voqea natijasida zavod binosining taxminan 1,600 metr kvadrat maydoniga zarar yetgan, 1,500 metr kvadrat maydoni esa asrab qolingan. Halok boʻlganlar yoʻq va hech kimga tan jarohati yetmagan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qarshi aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi“. www.kun.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Qarshi shahridagi televizor ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi“. www.aniq.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.