Sog`lom turmish
Quyidagi sogʻlom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan ma’lum boʻlgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan koʻtarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.
1. Sport.
Sport — umrimiz oxiriga qadar sogʻlom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning koʻrinishlari, shakllari, usullari koʻp. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol boʻlsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shugʻullansangiz, sogʻlom boʻlishingiz uchun yetarli.
Kamroq oʻtirish va koʻproq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz oʻtirib ishlashni taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.
2. Toʻgʻri ovqatlanish.
Ovqatlanish ratsioningizga tabiy mahsulotlar — meva va sabzavotlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni koʻproq kiriting. Ovqatlanish rasionining 65 foizini meva va sabzavotlar, non va turli boʻtqalar tashkil etishi, 30 foizi goʻsht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yogʻlarga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos boʻlishi lozim. Bahor va yozda oʻsimliklar, qishda oqsil va yogʻga boy mahsulotlarga koʻproq oʻrin ajratilishi lozim. Har kuni 2 litr atrofida suv iching.
Fast-fud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar, chips va kiriyeshkilar, boshqa koʻplab sun’iy ta’m, rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
Ovqatlanishda xilma-xil taomlarni aralashtirib yubormaslik lozim. Mevalar ovqatdan yarim soat avval, choy va ichimliklar 1-2 soat keyin iste’mol qilinishi zarur. Kechki 19-00dan keyin faqatgina bir oz olma tanovul qilishga ijozat beriladi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |