Kontent qismiga oʻtish

Surunkali meningit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Surunkali meningit
Sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan bel punksiyasi o‘tkazilishi va orqa miya suyuqligi namunasining olinishi surunkali meningitni tashxislashda yordam beradi
Belgilari Bosh og‘rig‘i, letargiya, xotiraning pasayishi, isitma, ko‘ngil aynishi, qusish, koʻrishning buzilishi
Mutaxassislik Yuqumli kasalliklar, Mikrobiologiya, Nevrologiya, Neyroxirurgiya
Asoratlari Bosh miya nervlari falajlari, oftalmoplegiya, tutqanoqlar, ataksiya, psixiatrik kasalliklar, gemiparez, karlik, ko‘rlik, Oligofreniya
Davomiyligi Surunkali, odatda 4 haftadan uzoqroq davom etadi, ba’zi holatlarda bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin
Sabablari Bakteriyalar va zamburug‘lar, viruslar hamda yuqumli bo‘lmagan omillar, jumladan, saraton kasalligi, dori vositalari, autoimmun kasalliklar yoki yallig‘lanish holatlari
Xavf omillari OIV infeksiyasi, diabet, immunosupressiya
Tashxis usullari Orqa miya suyuqligidan mikroorganizm kulturasini ajratib olish, to‘qima yoki OMS namunasini biopsiya qilib organizmni bo‘yash, immunoferment tahlili, nukleotid ketma-ketligini kuchaytirish kabi molekulyar usullar, shuningdek miyaning magnit-rezonans tomografiyasi tekshiruvi

Surunkali meningit – miya va orqa miyani oʻrab turuvchi pardalarning uzoq davom etadigan yalligʻlanishi. Kasallikka xos belgilar 4 haftadan ortiq davom etganda surunkali meningit tashxisi qoʻyiladi[1]. Infeksion sabablar (bakteriyalar, zamburugʻlar va viruslar) meningitning eng asosiy sabablardan biridir. Surunkali meningitga sabab boʻladigan infeksion organizmlar, oʻtkir infeksion meningitga olib keluvchi organizmlardan farqlanadi. Bu ikki xil meningitni keltirib chiqaruvchi mikroblar bir-biridan tubdan farq qiladi. Dunyo boʻylab surunkali meningitning asosiy sabablari orasida sil va kriptokokk zamburugʻini keltirish mumkin. Infeksion sabablar tufayli yuzaga keladigan surunkali meningit immun tizimi susaygan odamlar, jumladan, OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda yoki oziq-ovqat yetishmovchiligi boʻlgan bolalar orasida koʻproq uchraydi. Surunkali meningit koʻpincha oʻtkir meningitga nisbatan sekinroq va yashirin tarzda rivojlanishi mumkin. Shuningdek, surunkali meningitni keltirib chiqaradigan baʼzi yuqumli vositalar, masalan, sil mikobakteriyasi, koʻpgina zamburugʻ turlari va viruslarni orqa miya suyuqligidan ajratib olish qiyin boʻlgani sababli, tashxis qoʻyish murakkablashadi. Dastlabki tekshiruv holatlarining uchdan birida kasallik sababi aniqlanmaydi[2]. Bosh miyaning magnit-rezonans tomografiya usuli (MRT) kompyuter tomografiyasiga (KT) nisbatan sezgirroq boʻlib, surunkali meningitga xos boʻlgan radiologik belgilarni koʻrsatishi mumkin. Biroq, hech qanday radiologik belgi bu kasallik uchun mutlaq aniq yoki oʻziga xos xususiyat sifatida qabul qilinmaydi. MRT koʻp hollarda meʼyorida ishlatiladi, bu esa uning tashxis qoʻyishdagi foydaliligini yanada cheklaydi.

Sil meningiti nogironlik va oʻlimning asosiy sabablaridan biri boʻlib, markaziy nerv tizimi sili (sil meningiti eng keng tarqalgan turi) barcha sil holatlarining 5-10 foizi va umumiy silning 1 foizini tashkil qiladi[3]. Kriptokokkli meningit butun dunyo boʻylab oʻlim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, OIV va OITS koʻproq tarqalgan hududlarda hamda Afrikadagi Sahroi Kabir choʻlida har yili 100 000 dan ortiq kishining oʻlimiga sabab boʻlmoqda.

Surunkali meningitning ehtimoliy alomatlariga (har qanday sababga koʻra) bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va qusish, isitma chiqishi va koʻrish qobiliyatining pasayishi kiradi. Ensa qotishi (yoki boʻyinni harakatlantirishda noqulaylik bilan boʻyin qotishi), oʻtkir meningitning asosiy belgilaridan boʻlib, surunkali meningitning atigi 45 foiz hollarida kuzatilgan. Bu belgi yuqumli boʻlmaganligi sababli kam hollarda uchraydi[4][1]. Surunkali meningit bilan bogʻliq boshqa belgilarga ruhiy holatning oʻzgarishi yoki ongning buzilishi va papillyar shish (optik diskning shishishi) kiradi[1].

Surunkali meningitda bosh ogʻrigʻi koʻpincha tarqoq, aniq joylashmagan va doimiy tarzda kechadi. Holsizlik keng tarqalgan belgi hisoblanadi. Bemorlarning 40 foizida ruhiy holat ham oʻzgaradi[1]. Yalligʻlanish subaraxnoidal bo‘shliq orqali oʻtayotgan bosh miya nervlariga taʼsir qilib, bosh miya nervlari falajligiga olib kelishi mumkin. Surunkali meningitda nerv ildizlari ham zararlanishi mumkin, bu esa radikulopatiyaga sabab boʻladi[1].

Surunkali infeksion meningitning sabablari oʻtkir infeksion meningitning sabablaridan farq qiladi. Butun dunyo miqyosida kriptokokk zamburugʻi va sil kasalligi yuqumli meningitning asosiy sababchilari hisoblanadi[2]. Immunosupressiya (turli sabablarga koʻra) surunkali yuqumli meningit rivojlanishining asosiy xavf omili hisoblanadi. Bunda kriptokokkli meningit (zamburugʻ sporalarining nafas olish yoʻllari orqali organizmga kirishi natijasida yuqadi) immunitet tizimi zaiflashgan bemorlarda surunkali meningitning eng keng tarqalgan sababi boʻlib qolmoqda. OIV va OITS (immunitet tizimining zaiflashuvi bilan tavsiflanuvchi) kasalliklari surunkali infeksion meningit rivojlanishining asosiy xavf omillari ekanligi aniqlangan[2].

Patofiziologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sil meningitining patogenezi quyidagicha kechadi: kasallangan shaxsdan nafas yoʻllari orqali ajralib chiqadigan sil mikobakteriyasi atrofga tarqaladi. Bu holatda esa nafas olish jarayonida oʻpkaga mikroblar kiradi. Oʻpkada sil mikobakteriyasi Th1-yordamchi T hujayrasi javobining bir qismi sifatida makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinadi va natijada granuloma shakllanadi[3]. Tarqalgan sil kasalligi yoki boshqa yoʻllar orqali baʼzi sil bakteriyalari miya pardalariga yetib boradi. Miya, miya pardalari va orqa miyada Rich oʻchoqlari deb ataladigan kichik sil bakteriyalari toʻplamlari hosil boʻladi. Keyin sil bakteriyalari Rich oʻchoqlari orqali subaraxnoidal boʻshliqqa oʻtadi va sil meningitiga xos boʻlgan miya pardalari yalligʻlanishi jarayonini boshlaydi[3].

Davolash usullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali infeksion meningitda dastlabki diagnostik tekshiruv koʻpincha qoʻzgʻatuvchi organizmni aniqlay olmaydi. Shuning uchun nogironlik yoki oʻlimning oldini olish maqsadida empirik terapiya qoʻllanilishi mumkin[1]. Immunitet tizimi zaiflashgan yoki neytropeniyaga chalingan bemorlarda empirik davolash usuli qoʻllanilishi koʻrsatilgan[2]. Immuniteti normal boʻlgan bemorlarda empirik terapiya unchalik yaxshi oʻrganilmagan boʻlib, odatda har bir holatga qarab alohida belgilanadi[2].

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BSJ vaksinasi sil bilan kasallangan odamlarda sil meningitining rivojlanish xavfini pasaytirishi aniqlangan. Sil meningiti rivojlangan bolalarda, BSJ vaksinasi olganlarida kasallik belgilari nisbatan yengilroq kechgan va ularning ushbu kasallikdan vafot etish koʻrsatkichi kamroq boʻlgan[5].

Sil meningitining oʻlim darajasi hatto bemor davolanganda ham 20-50 foizni tashkil etadi. Kasallik belgilarining uzoq davom etishi sil meningitida oʻlim xavfining yuqoriroq boʻlishi bilan bogʻliq ekanligi aniqlangan[3]. OIV koinfeksiyasi, gipodrogressiv sil, sil meningitida gidrotsefaliya yoki oʻchoqli zaiflikning rivojlanishi ham yomon prognoz bilan bogʻliq hisoblanadi[3]. Sil meningitidan omon qolgan bemorlarning 30 foizida uzoq muddatli nevrologik buzilishlar, jumladan, tutqanoq, zaiflik, karlik, koʻrlik va aqliy zaiflik kabi asoratlar kuzatiladi[3].

Epidemiologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sil meningiti koʻproq bolalarda va OIV bilan kasallangan odamlarda uchraydi[3]. Kriptokokkli meningit ham OIV bilan kasallangan odamlarda koʻproq uchraydi. Ushbu kasallik OIV infeksiyasi koʻrsatkichi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda 95 foiz hollarda uchraydi. Yuqori daromadli mamlakatlarda esa ushbu koʻrsatkich 80 foizni tashkil etadi[6]. Aʼzolar transplantatsiyasi tufayli immuniteti pasayganlarda ham kriptokokkli meningit koʻproq uchrab turadi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Aksamit, Allen J. (2 September 2021). "Chronic Meningitis". New England Journal of Medicine 385 (10): 930–936. doi:10.1056/NEJMra2032996. PMID 34469648. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Thakur, Kiran T.; Wilson, Michael R. (October 2018). "Chronic Meningitis". CONTINUUM: Lifelong Learning in Neurology 24 (5): 1298–1326. doi:10.1212/CON.0000000000000664. PMID 30273241. PMC 6812559. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6812559. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Rock, R. Bryan; Olin, Michael; Baker, Cristina A.; Molitor, Thomas W.; Peterson, Phillip K. (April 2008). "Central Nervous System Tuberculosis: Pathogenesis and Clinical Aspects". Clinical Microbiology Reviews 21 (2): 243–261. doi:10.1128/CMR.00042-07. PMID 18400795. PMC 2292571. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2292571. 
  4. Bineshfar, Niloufar; Rezaei, Ali; Mirahmadi, Alireza; Shokouhi, Shervin; Gharehbagh, Farid Javandoust; Haghighi, Mehrdad; Harandi, Ali Amini; Shojaei, Maziar et al. (10 September 2022). "Evaluation of the epidemiologic, clinical, radiologic, and treatment methods of patients with subacute and chronic meningitis". BMC Neurology 22 (1): 340. doi:10.1186/s12883-022-02873-1. PMID 36088290. PMC 9463760. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9463760. 
  5. Kumar, R (1 November 2005). "Tuberculous meningitis in BCG vaccinated and unvaccinated children". Journal of Neurology, Neurosurgery & Psychiatry 76 (11): 1550–1554. doi:10.1136/jnnp.2005.065201. PMID 16227549. PMC 1739405. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1739405. 
  6. 6,0 6,1 Sloan, Derek; Parris, Victoria (May 2014). "Cryptococcal meningitis: epidemiology and therapeutic options". Clinical Epidemiology 6: 169–182. doi:10.2147/CLEP.S38850. PMID 24872723. PMC 4026566. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4026566.