Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Oʻzbekiston)
Qiyofa
(Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan yoʻnaltirildi)
Qisqartma | Ta’lim inspeksiyasi |
---|---|
Turi | Davlat idorasi |
Maqomi | Inspeksiya |
Ishga tushgan sanasi | 2017-yil |
Tugatilgan | 01.01.2023 |
Tugatilish sababi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.2022 yildagi PF-269-son farmoni bilan |
Joylashuvi | Toshkent, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21 |
Boshliq | Ulug‘bek Tashkenbayev |
Vebsayti | tdi.uz |
Til(lar)i | Oʻzbek |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 515-son qaroriga [1] muvofiq tashkil etilgan.
Asosiy vazifalari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish [2] boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish;
- idoraviy mansubligi va tashkiliy huquqiy shakllaridan qatʼi nazar davlat taʼlim muassasalari va nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda taʼlim tashkilotlari deb ataladi) attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish [3];
- oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, taʼlim tashkilotlari reytingini aniqlash;
- nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziyalar berish;
- xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish [4] ;
- respublika hududida xorijiy taʼlim muassasalarining taʼlim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
- taʼlim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish;
- Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish;
- oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash;
- dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish.
Funksiyalari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilish;
- pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
- pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash;
- taʼlim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va oʻtkazish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
- pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari berishni tashkil etish;
- lavozim va malaka toifalariga ega boʻlgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish;
- pedagog kadrlarning nazorat sinovlari natijasi boʻyicha lavozim va malaka toifalariga oid sertifikatlar berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish;
- kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda ish beruvchilarning taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash sifati boʻyicha takliflari asosida mutaxassislik malaka talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
- davlat taʼlim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini, shuningdek ular asosida taʼlimning barcha turlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
- taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etish va amalga oshirish;
- uzluksiz taʼlim tizimida tashkil etiladigan fan olimpiadalari, bellashuvlar va turli koʻrik-tanlovlarni xolis va adolatli oʻtkazilishini nazorat qilish, natijalarini tahlil etish;
- taʼlim sifatini baholash sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda taʼlim sifatini nazorat qilish va taʼlim tashkilotlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- taʼlim sifati nazorati hamda attestatsiya jarayonida qoʻllaniladigan nazorat materiallarini ishlab chiqish, maxfiyligini saqlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
- taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun jalb etiladigan ekspertlarni tanlash, oʻqitish va oʻqitish yakunlari boʻyicha ushbu ekspertlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- taʼlim sifati monitoringi, attestatsiya oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish;
- attestatsiya natijalariga koʻra, taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
- taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni va natijalariga doir masalalar boʻyicha ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy materiallar tayyorlash;
- idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar taʼlim tashkilotlarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli xulosalar tayyorlash, tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga taqdimnomalar kiritish;
Oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, taʼlim tashkilotlari reytingini aniqlash sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarini aniqlash maqsadida nazorat materiallarini ishlab chiqish;
- nazorat ishlarini oʻtkazish, natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash, shu jumladan taʼlim tashkilotlarida umumtaʼlim fanlari va kasbiy fanlar boʻyicha tanlab olish asosida bitiruvchilarning taʼlim tayyorgarligi darajasi va oʻqitish sifati monitoringini oʻtkazish orqali taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash;
- oʻquvchilar, talabalar va tinglovchilar oʻrtasida taʼlim sifatini oshirish, davlat taʼlim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini bajarish
- darajasini oʻrganishga qaratilgan intellektual koʻrik-tanlovlar, musobaqalarni tashkil etish;
- taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish boʻyicha tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalarni ishlab chiqishni tashkil etish;
- zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish;
- taʼlim tashkilotlarida oʻqitish va kadrlar tayyorlash sifatini oʻrganish maqsadida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;
- taʼlim sifatini baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;
- taʼlim sifatini baholash natijalari asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati boʻyicha taʼlim tashkilotlari reytingini aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziyalar berish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- talabgorlarning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qilish va koʻrib chiqishni tashkil etish;
- talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlash;
- talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish natijalari haqida talabgorlarga maʼlumot berish;
- ijobiy ekspert xulosalari asosida litsenziyalarni rasmiylashtirish va nodavlat taʼlim tashkilotlariga berish;
Xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olishni tashkil etish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda tegishli taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) boʻyicha ekspertizadan oʻtkazuvchi ekspert komissiyasini (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) shakllantirish va uning ishini tashkil etish;
- talabgorlardan xorijiy mamlakatlarda berilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun zarur boʻlgan taʼlim toʻgʻrisidagi va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish;
- taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlash va materiallarni Ekspert komissiyasiga yuborishni tashkil etish;
- Ekspert komissiyasi tomonidan tan olish uchun taqdim etilgan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni ekspertizadan oʻtkazish natijasiga koʻra xulosa tayyorlanishini tashkil etish;
- Ekspert komissiyasining xulosasi haqida talabgorga maʼlum qilish;
- xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tan olinganda talabgorlarga guvohnomalar rasmiylashtirilishini tashkil etish;
- respublika hududida xorijiy taʼlim muassasalarining taʼlim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
- respublika hududida xorijiy taʼlim muassasalarining taʼlim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib olish;
- respublika hududida xorijiy taʼlim muassasalarining taʼlim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish;
- pedagog kadrlar taʼminoti, moddiy-texnik baza, oʻquv-laboratoriya jihozlari va boshqa texnik vositalarni taʼlim dasturini amalga oshirish uchun yetarliligi yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash;
Taʼlim va fan sohasi tashkilotlari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- apostil qoʻyish uchun murojaatlar va tegishli hujjatlarni qabul qilish hamda roʻyxatdan oʻtkazish;
- apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish;
- apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida ariza beruvchiga maʼlumot berish.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- taʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, taʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish;
- tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda reytingni aniqlashga oid maʼlumotlarni toʻplash maqsadida ishchi guruhlar va komissiyalar tuzish;
- taʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari asosida taʼlim muassasalarining reytingini hisoblab chiqish;
- taʼlim muassasalari reytingiga oid maʼlumotlar asosida taʼlim muassasalari faoliyatidagi ijobiy oʻzgarishlar haqida keng jamoatchilikni doimiy xabardor qilib borish;
- taʼlim muassasalarining reytingi natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va Davlat inspeksiyasining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirish;
- taʼlim muassasalari reytingi natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash va chop etish.
Oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish va uning manfaatlarini ifodalash;
- oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash;
- umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlar xalqaro baholash dasturlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etishini tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrish;
- oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tizimli monitoring olib borish hamda ilgʻor tajribani dunyo miqyosida ommalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy taʼlim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanishiga koʻmaklashish;
- milliy oliy taʼlim muassasalarida xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- milliy oliy taʼlim muassasalarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingiga kirishiga koʻmaklashish uchun dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
- milliy reytingda yuqori oʻrinlarni egallagan oliy taʼlim muassasalarining tajribasini ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va keng targʻib qilish;
- reytinglar tuzish boʻyicha dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari metodologiyasi va xalqaro tajribasi haqida tahliliy materiallar tayyorlash va chop etish.
Hududiy boʻlimlarga yulkangan vazifalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- taʼlim tashkilotlari attestatsiyasining oʻtkazilishini, uning sifatli va samarali tashkil qilinishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida Davlat inspeksiyasi va taʼlim sohasidagi hududiy boshqaruv organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
- oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida oliy taʼlim muassasalarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladigan ichki baholash jarayonini muvofiqlashtirish;
- taʼlim va kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
- taʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, taʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazishda bevosita ishtirok etish;
- umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarining bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda oʻquvchilarning ishtirok etishini tashkil etish;
- taʼlim muassasalarining xalqaro tashkilotlar va xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi masalalarini muvofiqlashtirish.
Inspeksiya rahbariyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich — Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i
- Ketmonov Xatamjon Abduraxmanovich — Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
- Qo‘ysinov Odil Almurotovich — Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari
- Nasirov Abdurahim Abdimutalipovich — Boshliqning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi
- Xo‘jaqulov Shavkat Samatovich — Inspeksiya boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi
Boshqarma va bo‘limlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akreditatsiyasi bosh boshqarmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliy taʼlim va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi
- Malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi
- O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi
- Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi
- Maktabgacha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi
Pedagog kadrlar sifati nazorati, taʼlim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Uzluksiz taʼlim tizimi pedagog kadrlari sifati nazorati boʻlimi
- Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va taʼlim sifati nazorati boʻlimi
- Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiyalash qilish boʻlimi
- Taʼlim va fan sohasi rasmiy hujjatlariga apostil qoʻyish boʻlimi
Taʼlim sifatini monitoring qilish bosh boshqarmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nazorat materiallari bankini shakllantirish va sinovlarni tashkil etish boʻlimi
- Uzluksiz taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish bo‘limi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
- ↑ Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
- ↑ Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
- ↑ Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida