Kontent qismiga oʻtish

Tarqatish qutisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarqatish qutisi (avtomobillarda) – koʻp oʻqli yoki toʻla yurutmali avtomobilning yetakchi gʻildiraklariga burovchi momentni uzatish uchun moʻljallangan uzel va detallardan tashkil topgan agregatdir. Agregat qismlari: karter, yetakchi val, oraliq val, yetaklanuvchi val va old koʻprik yuritmasi vali. Pogʻonalar soniga koʻra: bir, ikki va uch pogoʻnali turlari mavjud. Yetakchi va yetaklanuvchi vallari joylashishiga koʻra bir oʻqda joylashgan va bir oʻqda joylashmagan. Vazifasiga qarab, Tarqatish qutisida yetakchi vallar va yetaklanuvchi vallar orasidagi uzatishlar sonin oshirish yoki kamaytirish mumkin. U avtomobilning yetakchi gʻildiraklaridagi tortish kuchini yanada oshirishga imkon beradi. Odatda tarqatish qutisi uzatmalar qutisi orqasiga oʻrnatiladi va unga kardanli val (taqsimlash vali) orqali ulanadi. Murakkabroq Tarqatish qutisida oʻqlararo differensial qoʻllanadi yoki blocklanadigan turlari ham mavjud. U old va orqa koʻpriklarning vallariga har xil tezliklarda aylanishga imkon beradi. Bu esa burilishlarda old gʻildiraklarning sirpanishini bartaraf qiladi. Tarqatish qutisini qoʻshish va ajratish mexanizmining ishi uzatmalar qutusining richagi singari boshqariladi.