The Harem Years
Haram yillari (ISBN 978-0935312706) — mustamlaka boʻlgan Qohiradagi haramning ichki dunyosi, jumladan, undagi holat, ayollarga nisbatan qilinadigan shavqatsiz munosabatlar va ularning ayanchli hayot tarzi haqida yozilgan birinchi kitob[1][2]. Kitob muallifi Huda Shaarawi Misrning feministik Ittifoqi asoschilaridan biri hisoblanadi.
Kitob yozilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Huda Shaarawi (1879-1947) misrlik ayollarning haramdagi ajratilgan dunyosida yashagan oxirgi avlodlaridan biri edi. Uning feministik jamiyatdagi faolligi Misrdagi millatchilik kurashida ishtirokidan soʻng boshlandi. Yakunda esa Huda Shaarawi sinagri bir qator ayollar tomonidan 1923-yilda Misr Feministik Ittifoqini tashkil etilishga sabab boʻldi.
1987-yilda Huda Shaarawining „The Haram yeras (Garam yillari)“ nomli xotira kitobi „Harem Years: The Memoirs of an Egyptian Feminist, 1879-1924 (Haram yillari: Misrlik feministning xotiralari, 1879—1924-yillar)“ nomi bilan nashr etildi. Ushbu kitobda Huda Shaarawi oʻzining bolaligi va uni juda erta voyaga yetkazgan hayotini, shu jumladan, oʻn uch yoshida turmushga chiqqanligini yozib oʻtadi. Huda Sharawiga erining vafotidan keyingi ajralishi, unga kengaytirilgan rasmiy taʼlim olish uchun imkoniyat berdi, shuningdek, Misrning kutilmaganda mustaqillikka erishishi ham unga erkin rivojlanishi va oʻz gʻoyalarini targ;ib etishda katta yordam berdi. Huda Shaarawining feministik faolligi Misrdagi millatchilik kurashidagi ishtiroki bilan yanada rivojlanib bordi va 1923-yilda u Qohira temir yoʻl stantsiyasida yuzidagi pardasini omma oldida yechgani bilan yakunlandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Powell. „Washington Report on Middle East Affairs - Book Reviews“. wrmea.org (2001-yil iyul). Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
- ↑ Akeel. „'The Harem Years'“. arabnews.com. Arab News (2005-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.