The siege of Vienna
Asl nomi | The Siege of Vienna |
---|---|
Muallif(lar) | John Stoye |
Janr(lar)i | Tarixiy |
ISBN | 975-293-164-2 |
The siege of Vienna (tarjimasi: Vena qamali) – ingliz tarixchi yozuvchisi John Stoye tomonidan yozilgan asar. Asar Usmonli davlatining Vena qamaliga bagʻishlangan. Kitob dastlab ingliz tilida, Collins nashriyoti tomonidan 1964-yili Londonda nashr etilgan. 1965-yilda Holt, Rinehart & Winston tomonidan Nyu Yorkda, 2003-yilda esa „Doğan Kitap“ nashriyoti tomonidan Istanbulda nashr etilgan. Kitobni turkchaga Derin Türkömer tarjima qilgan[1].
Asar mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Venaning 1683-yilda Usmonli davlati tomonidan qamal qilinishi (Vena jangi) Yevropa tarixidagi eng muhim voqealaridan biri sanaladi. Bu voqea 1945-yil Qizil armiyaning tahdididan avval butun Gʻarbiy Yevropa uchun vujudga kelgan jiddiy xavflardan biri sifatida ham bilinadi. Vaziyat shu darajaga yetib boradiki, butun Gʻarbiy Yevropa davlatlari oʻrtdadagi bor adovatni bir chetga surib qoʻyib, Usmonliy va tatar armiyasining bosqinchilik yurishlarini toʻxtatish uchun birlashadi. Turklarning Vena egallashiga bir baxya qolganda magʻlubiyatga uchrashi vaziyatni tubdan oʻzgartirib yuborgan, yaʼni Usmonliylar davlati bu magʻlubiyatning taʼsiridan keyingi asrlarda ham chiqib ketolmadi. Boshqa tomondan siyosiy taʼsirini oshirishni maqsad qilgan Gabsburglar sulolasi bu voqeadan soʻng Tuna daryosining janubi va sharqida joylashgan hududlarni taʼsir doirasiga olish uchun harakatni boshlab yuborgan[2].
Hilol va xoch oʻrtasida boʻlib oʻtgan bu jangga guvoh boʻlgan sentyabr oyi Yevropa tarixida 1914-yilga qadar davom etadigan yangi bir davrning boshlangʻichi uchun poydevor boʻlgan. Bu asarning hayajonga toʻla voqealarining bosh qahramonlari: gʻalabaga yaqin qolganidan magʻlub boʻlgan Sadr’azam Merzifonlu Kara Mustafa posho, shaharni qutqarish uchun qahramonona harakat qilgan qoʻmondon Kont Starhemberg, bir qarorga kelolmasligi tufayli shahardan ajralishiga bir baxya qolgan Imperator Leopold I va oʻz armiyasi bilan gʻalaba sari otlangan Yevgeniy Savoyskiy edi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Viyana Kuşatması“ (2011-yil 10-oktyabr). 2022-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ „II.Viyana kuşatması / Yedi Başlı Ejderin Fendi“ (2020-yil 8-sentyabr). 2005-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ https://www.turkcebilgi.org/kitap-ozetleri/v/viyana-kusatmasi-26104.html