Kontent qismiga oʻtish

Torii

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torii - sintoizmda xudolarning muqaddas yo‘li sifatida ko‘rilib, tirik va marhumlar olamini ajratib turuvchi vosita deb hisoblanadi. Shu sababli ham sinto ibodatxonasi (sando)ga olib boruvchi yo‘lga bir necha torii joylashtiriladiki, bu bilan sintoistlar o‘z dinlari ibodatxonasini boshqalardan ajratib ko‘rsatuvchi jihatini namoyon etmoqchi bo‘ladilar. Agar sando bir necha toriidan iborat bo‘lgan taqdirda, uning birinchisi “ichi no torii” - “ilk darvoza”, ibodatxonaga eng yaqini “ni no torii” - “keyingi darvoza” deb ataladi.Toriining kelib chiqishi noma’lum bo‘lib, bu mavzu bo‘yicha bir necha nazariyalar mavjud va ularning hech biri aniq isbotga ega emas. Tarixchilar fikricha, ramziy darvozadan foydalanish an’anasi Osiyo qit’asi, jumladan, Hindiston, Xitoy, Tailand, Koreyada keng tarqalgan va bu an’ana vaqti vaqti bilan qo‘shni hududlar bo‘ylab transformasiya bo‘lib turgan. Masalan, tarixchilar “torii kulti” Markaziy Hindistondagi Sanchi monastirida o‘rnatilgan torana darvozasidan kelib chiqqanligini ta’kidlashadi. Bu nazariyaga ko‘ra, torana ilk marotaba Shingon buddizmi asoschisi Kukai tomonidan xoma marosimini o‘tkazish uchun muqaddas joyni belgilash maqsadida foydalanilgan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 370.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.