Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi
Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi Turkiya voleybol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va xalqaro musobaqalarda Turkiya sharafini himoya qiladi. 2023-yil 16-iyul holatiga ko‘ra terma jamoa FIVB jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan[1].
2003-yilda ayollar voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 2-o‘rinni egalladi va o‘shandan buyon jamoa Turkiyada "Tarmoq Sultonlari" deb ataladi. Bu nom jamoaga chempionatni yoritgan TRT telekanali xodimlari tomonidan berilgan[2].
Jamoa 2011-yil ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 3-o‘rinni egallagan, 2015-2023-yillarda ketma-ket 5 marta yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, 2015-yil 4-o‘rinni, 2017-yilda 3-o‘rinni, 2019-yilda 2-o‘rinni, 2021-yilda 3-o‘rinni va 2023-yilda 3-o‘rinni egallagan.
Tarmoq Sultonlari 2023-yilda jami 3 ta kubokni qo‘lga kiritdi. Bular Millatlar ligasi chempionati kubogi, Yevropa chempionati kubogi va Jahon chempionati kuboklaridir. Tarmoq Sultonlari mamlakat terma jamoalari o‘rtasidagi eng yaxshi natija qayd etgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya ayollar terma jamoasi birinchi xalqaro o‘yinini 1957-yil Xalqaro Istanbul turnirida boshlagan. Jamoa birinchi g‘alabasini 1961-yil 22-iyulda G‘arbiy Germaniyaga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida qo‘lga kiritgan.
1963-yil Ruminiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati milliy terma jamoa uchun birinchi Yevropa chempionati edi. Ular bu musobaqada qatnashgan 13 ta jamoa o‘rtasida 10- o‘rinni egallagan.
Navbatdagi chempionat 1967-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Ushbu musobaqada 15 ta jamoa qatnashadi va ular orasida Turkiya terma jamoasi 12-o‘rinni egallagan. Jamoaning birinchi g‘alabasi 2003-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ayollar voleyboli chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashi bo‘lgan.
Turkiya milliy terma jamoasi 2006-yili ilk bor Jahon chempionatida qatnashgan va chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan. Ushbu chempionat Yaponiyada bo‘lgan edi. Bu o‘yinda Italiya bilan bellashgan Turkiya terma jamoasi Mustafo Kamol Otaturkga hurmat bajo keltirish uchun taym-aut oldi va bu ishi bilan tarixga kirgan[3].
Jamoa ilk bor 2008-yilda FIVB Jahon Gran-pri chempionatida ishtirok etib 7-o‘rinni egallagan. 2010-yilda jamoa o‘z tarixidagi eng yuqori natijaga erishgan holda Jahon chempionatini 6-o‘rinda yakunlagan.
Terma jamoa 10-marta qatnashgan 2011-yilgi Yevropa voleybol chempionatida 3-o‘rinni egallagan. 2012-yilda Xitoydagi Gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritishgan[4].
2017-yilda Ayollar voleyboli bo‘yicha Yevropa chempionatida uchinchi, 2019-yilda esa ikkinchi bo‘lgan. Turkiya Milliy terma jamoasi 2020-yilgi Olimpiadada yana qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida jamoa chorak finalda imkoniyatni Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib, 5-o‘rinni egallagan[5].
2023-yilda AQShning Texas shtati Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi final o‘yinida Xitoyni 3:1 hisobida mag‘lub etib ilk bor Millatlar Ligasi chempioniga aylandi[6].
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- TVF Resmi Web Sitesi (Wayback Machine saytida 2008-09-21 sanasida arxivlangan)
- CEV Resmi Web Sitesi, «2009 Avrupa Şampiyonası Türk Millî Takımı Fotoğrafı-1»
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIVB Women's Volleyball World Ranking“. 1-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Filenin Sultanlarının Hikayesi Yalı Spor Blog“. 21-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Japonya'da Filenin Sultanları'dan 9'u 5 geçe Atatürk molası! Tarihe geçen anlar“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ [ttps://www.ntvspor.net/voleybol/voleybolda-2012-579e44edc873cc20ac3bae4f „VOLEYBOLDA 2012“]. 22 -avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 -avgust 2021-yil.
- ↑ „Filenin Sultanları Tokyo 2020'de beşinci oldu“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ BBC News. „'Filenin Sultanları' Milletler Ligi'nde şampiyon“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.