Varvara (qoʻshiqchi)
Varvara | |
---|---|
Tavalludi |
Алёна Владимировна Сусова 30-iyul 1973-yil |
Janrlar | traditional pop, Europop, world music, folk music, Country, anʼanaviy musiqa, indie pop va sol musiqasi |
Kasbi | qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 2000-hozirgacha |
Leybllar | Nox Music, Ars-Records, Граммофон-мьюзик, A-Music, Первое музыкальное издательство, The Orchard Music |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Veb-sayt | http://www.varvara-music.ru/ |
Varvara (haqiqiy ismi Alyona Vladimirovna Susova (Tutanova; 1973-yil 30-iyul, Balashixa, Moskva viloyati) – rossiyalik estrada xonandasi, teleboshlovchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (2010).
Xonandaning musiqiy uslubi klassik musiqa elementlariga ega muqobil etno-popdir. U „Pesnya goda“ festivali[1] va „Zvukovaya dorojka“ mukofoti[2] ishtirokchisi va laureati. „Blije“ albomi uchun „Serebryaniy disk“[3][4] sovrindori boʻlgan. 2004-yilda „Gryozi“ qoʻshigʻi bilan Eurovision doirasida oʻtkazilgan OGAE qoʻshiq tanlovida ishtirok etdi va birinchi oʻrinni egalladi[5]. 2009-yilda „Novaya volna“ tanlovida mehmon sifatida ishtirok etdi[6].
Konsert dasturlari doirasida Varvara Rossiyadan tashqari Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ham chiqish qildi, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya va Shimoliy Koreyada konsertlar berdi[7].
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alyona Vladimirovna Tutanova 1973-yil 30-iyulda Balashixda muhandislar oilasida tugʻilgan. Bolaligidan sahnada boʻlishni orzu qilgan, besh yoshidan musiqa bilan shugʻullangan. Maktab yillarida qoʻshiqchi sport bilan shugʻullangan va basketbol toʻgaragi, drama toʻgaragi va raqs ansambliga borgan. Musiqa maktabini akkordeon sinfida tamomlagan. Parallel ravishda pianino va gitara chalishni oʻrgangan. Oʻsmirlik yillarida unga Madonna, Depeche Mode va Sting musiqasi katta taʼsir koʻrsatdi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eri – tadbirkor Mixail Valeryevich Susov.
Ular toʻrt farzandning ota-onasi: Yaroslav (1991-yilda tugʻilgan) (Varvaraning birinchi nikohidan oʻgʻli[8]), Vasiliy va Sergey (Mixailning birinchi nikohidan oʻgʻillari) hamda juftlikning qizi Varvara. Varvara onasi bilan birga Kreml saroyi sahnasida „Meri Poppins, do svidanya“ filmidan „Lev i bradobrey“ qoʻshigʻini ijro etgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ВАРВАРА - ОД-НА | Песня года 2002, Финал YouTubeda
- ↑ ВАРВАРА - ОТПУСТИ МЕНЯ, РЕКА | Звуковая дорожка в Лужниках, 2006 YouTubeda
- ↑ „ВАРВАРА певица“ (ru). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
- ↑ „Варвара- Все ♫ ноты“ (ru). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
- ↑ „Варвара: “Лесбиянки из меня не получится”“ (ru). 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ Варвара От печали до радости Новая Волна 2009 РТР 310709 YouTubeda
- ↑ „Варвара представит «Истоки» в Корее“ (ru). 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Певица Варвара погуляла на свадьбе старшего сына | StarHit.ru“. 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Михаил Сусов и Варвара: «Нам есть о чём поговорить и помолчать вдвоём»“ (deadlink). businessofrussia.com. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-may.