Vasiylik va homiylik organlari
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Vasiylik va homiylik organlari — OʻzRning OKga hamda 1999-yil 12aprelda VMning 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va xomiylik toʻgʻrisidagi nizomga binoan, vasiylik va xomiylik vazifalarini amalga oshirish: a) 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan- xalq taʼlim boʻlimlariga; b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan- sogʻliqni saqlash boʻlimlariga; d) sogʻligi yomonligi sababli xomiy tayinlashga muhtoj boʻlgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan- ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga yuklanadi. OʻzR OK va boshqa qonun hujjatlariga binoan vasiylik va xomiylik organlari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: a) ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydilar, ularni hisobga oladi va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan har bir holatidan kelib chiqib, bolalarni joylashtirish shakllarini tanlaydilar (149-m.); b) bola manfaatlari uchun zarur hollarda unga vasiy yoki xomiy tayinlaydilar(177, 179-m.); d) tum. Sh. Hokimiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish yuzasidan tavsiyanomalar tayyorlaydilar(151-m.); e)bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisida kelishuv tuzadilar va uni bekor qiladilar(195,196-m.); f) vasiylikdagi va xomiylikdagi shaxsning taʼminoti uchun mablagʻ yetrali boʻlmagan hollarda uning taʼminoti uchun nafaqa toʻlaydilar(186-m.)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi