Kontent qismiga oʻtish

Verviers

Koordinatalari: 50°35′0″N 05°51′0″E / 50.58333°N 5.85000°E / 50.58333; 5.85000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Verviers

Vervî
Munitsipalitet
Palais de Justice (sud binosi)
Palais de Justice (sud binosi)
Verviers
Bayroq
Verviers
Gerb
Verviers joylashuvi
50°35′0″N 05°51′0″E / 50.58333°N 5.85000°E / 50.58333; 5.85000
Mamlakat Belgiya
Hudud Wallonia
Provinsiya Liège (provinsiya)
Maʼmuriy birlik Verviers
Hukumat
 • Mayor Muriel Targnion (PS)
Maydon 33.01 km2 (12.75 kv mi)
Aholisi
 (2023)
55 156
Zichligi 1,700 kishi/km2
Milliy tarkib PS-MR-Nouveau Verviers
Telefon kodi 087
Pochta indeks(lar)i 4800, 4801, 4802
Verviers xaritada
Verviers
Verviers

Verviers (fransuzcha talaffuzi: [vɛʁvje] ( tinglang); val. Vervî) – Belgiyaning Liège provinsiyasidagi Wallonia hududida joylashgan shahar va munitsipalitet.

Verviers maʼmuriy hududi Ensival, Heusy, Lambermont, Petit-Rechain, Stembert va Verviers tumanlariga boʻlinadi. Shuningdek, u Dison va Pepinsterni oʻz ichiga olgan algomeratsiyaning markazi boʻlib, bu Verviersni viloyatdagi ikkinchi yirik hamda Liège va Germaniya chegarasi oʻrtasida joylashgan muhim mintaqaviy markazga aylantirgan[1]. Hudud iqtisodiyotida, xususan tekstil va turizm sanoatining rivojlanishida suv muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, Verviersda koʻplab favvoralar qurilgan, keyinroq unga Wallonianing „Suv poyaxti“ nomi berilgan. Shaharchada suvni taqsimlash va tozalash uchun 2 ta Waloon davlat muassasalari joylashtirilgan[1][2].

Dastlabki tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verviers hududidan topilgan turli xil chaqmoq toshlar va suyak qoldiqlari, shu bilan birga Rim tangalari bu yerda odamlar yashaganidan dalolat beradi. IV asrda rimliklar sharq tomondan German qabilalarining doimiy tazyiqiga uchragan. Avvaliga tazyiqlarni muvaffaqiyatli tarzda qaytarishgan, lekin oxir-oqibat magʻlubiyatini tan olgan hamda V asr oxirida Clovisning Salian Franklariga hududni egallab olishi uchun imkon yaratib bergan. Verviers hududi oʻrmonlar bilan qoplangan boʻlib, shu sababli u yaqinidagi Theux munitsipalitetida oʻrnashib olgan Merovingian qirollari uchun ov maydoniga aylangan. Shuningdek, hudud yaqin atrofdagi Slavelot abbatligining rohiblari tomonidan asta-sekin xristianlashtirilgan.

X asr oxirida Charles III (The Simple) Franchimont markizlik qasrini Liège Notkeriga topshirdi, bu esa Notkerning Liège knyaz-yepiskopligini mustahkamlashdagi oxirgi bosqichlardan biri edi. Liège 1014-yilda markizligi ustidan toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga oldi. Bu holat imperator Frederick Barbarossa va Papa Adrian IV tomonidan tasdiqlangan.

XV asrdan hozirgi davrgacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1994-yil 3-noyabrda Verviersda AQSh armiyasi bosh qarorgohi va George Patton hamkorligida olingan film

Verviersdagi toʻqimachilik sanoati haqidagi ilk maʼlumotlar XV asrga toʻgʻri keladi. Bir asr oʻtib, mato sanoati qisman qoʻshni mamlakat Niderlandiyada sodir boʻlgan 80 yillik urush tufayli eski metallurgiya sanoati oʻrnini egallagan. Biroq, bu oʻzgarishlar shaharning hajmiga taʼsir koʻrsatmagan hamda shahar eski holatini saqlab qolgan. Faqat 1651-yilga kelib, aholining kengayishi Verviers knyaz-yepiskoplikning asosiy shaharlaridan biri sifatida tan olinishiga olib kelgan.

XVIII asrning oxirida Fransiya inqilobi Verviersga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. 1795-yilda Liègening Fransiyaga qoʻshilishi iqtisodiy tanazzulga va misli koʻrilmagan qashshoqlikka olib keldi. Vaterloo jangidan (1815-yil) keyin shaharning nufuzi yana koʻtarildi. Verviers Wallonianing asosiy sanoat qismi boʻlgan Sillon industrielning sharqiy uchida joylashgan edi. Sanoatchi William Cockerill ingliz koʻnikmalaridan foydalangan holda Verviersning toʻqimachilik sanoatida yangi davrni boshlagan. Yoʻllar asfalt bilan qoplanilib, gaz yoritgichlar oʻrnatilgan hamda Sanoat inqilobi tufayli shahar ikki karra kengaygan. Birinchi Jahon urushidan keyin Verviers Bradford bilan „Dunyoning junchilik poytaxti“ nomi uchun bahslasha olgan.

2021-yilgi toshqinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-iyuldan 15-iyulga oʻtar kechasi Vesdre qirgʻoqlaridan toshgan suv shaharga katta zarar yetkazgan. Oʻsha kechasi juda kuchli yomgʻir yogʻishi tufayli Eupen toʻgʻoni ochilib ketgan. Moddiy zararlar hamda oʻlimlar soni ancha katta boʻlgan. Odamlar Ikkinchi Jahon urushi paytidagidan koʻra koʻproq zarar koʻrilganini taʼkidlashgan.

Verviers oʻzining sifati bilan mashhur boʻlgan va shaharning rivojlanishida asosiy omil boʻlgan jun va toʻqimachilik sanoati rivojlangan hudud sanaladi. Biroq, 1950-yillardan boshlab, mahalliy zavodlar xalqaro raqobatga dosh bera olmay birin-ketin yopildi, bu esa shaharning iqtisodiy taraflama tanazzulga yuz tutishiga sabab boʻldi. Iqtisodiyot 1990-yillardan boshlab tiklana boshladi, lekin haliyam zaifligicha qolmoqda. Soʻnggi yillarda eng koʻp zarar koʻrgan hududlarni jonlantirish maqsadida bir nechta savdo majmualari ochildi.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Verviers markazi
  • Verviers bir necha muzeylarni, jumladan, neoklassik uslubdagi koʻrinishga ega sobiq zavod binosida joylashgan Jun va moda sayyohlik markazini oʻz ichiga oladi.
  • La Bonbonnière nomi bilan ham tanilgan Katta teatr XIX asrning oxirida neoklassik uslubda, Grand Poste esa neogotik uslubda qurilgan.
  • Shaharda bir qator qiziqarli favvoralar va tematik sayr yoʻlaklari mavjud.

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy taʼlim muassasalariga quyidagilar kiradi[3]:

  • Haute Ecole de la Province de Liège
  • Haute Ecole de la Province de Liège – Bachelier en soins infirmiers
  • Haute Ecole CHarlemagne Verviers
  • HELMO Verviers

Boshlangʻiz va oʻrta maktablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktablarga quyidagilar kiradi[4]:

  • Athénée royal Thil Lorrain Verviers 1
  • Athénée royal Verdi
  • Centre scolaire Saint-François-Xavier
  • Ecole Polytechnique – Enseignement de la Province de Liège
  • Institut Notre Dame
  • Institut Provincial d’Enseignement Secondaire (IPES)
  • Institut Provincial d’Enseignement Secondaire Paramédical de Liège – Huy – Verviers
  • Institut Sainte-Claire
  • Institut Saint-François-Xavier 2
  • Institut Saint-Michel
  • Institut Technique Don Bosco

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verviersda 2020-yil hisobiga aholining 25% qismini musulmonlar tashkil qiladi. U yerdagi musulmonlar jamiyati qashshoq va noroziliklardan aziyat chekkan. Bu esa hafsalasi pir boʻlgan insonlarni diniy ekstremizmga jalb qilinishiga sabab boʻlmoqda, bu holat ayniqsa 2015-yilda Verviers politsiyasining ekstremistlarga qarshi reydi paytida namoyon boʻlgan[5][6][7].

Muhojirlar jamoalari ham ishsizlikdan aziyat chekkan. Ularning asosiy qismi turk va marokashliklar hisoblanadi. Shuningdek, Verviersda kurdlar, kongoliklar, chechenlar, Somali va Sahroi Kabir afrikaliklari ham bor[8]. Fransiyadagi Roubaix va Britaniyaning Brandford shaharlari kabi Afrika va Osiyodan kelgan musulmon muhojirlar Verviersga sanoat korxonalarida ishlash uchun koʻchib kelishgan, lekin ish yetishmovchiligi sababli qashshoqlashgan[9]. Koʻplab musulmon muhojirlar shaharning bir qancha turk restoranlari, Afrika doʻkonlari, halol qassobxonalar va masjid joylashgan Hodimont qismida istiqomat qilgan[10].

Kelib chiqish guruhlari Yil
2023[11]
Son %
Belgiyada tugʻilgan belgiyaliklar 30,135 54.64%
Chetdan kelgan belgiyaliklar 18,286 33.15%
Qoʻshni mamlakatlar 1,430 2.59%
YI27 (Qoʻshni mamlakatlar bilan birga) 3,602 6.53%
YI 27dan tashqari 13,254 24.03%
Belgiyalik boʻlmaganlar 6,735 12.21%
Qoʻshni mamlakatlar 570 1.03%
YI27 (Qoʻshni mamlakatlar bilan birga) 1,694 3.07%
YI 27dan tashqari 4,471 8.11%
Umumiy 55,156 100%


Birodar shaharlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „Verviers“ (2016-yil 8-yanvar).
  2. „Verviers, capitale de l'eau – Portail de la Wallonie“. wallonie.be.
  3. "Ecoles supérieures (Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan)." Verviers. Retrieved 9 July 2017.
  4. "Ecoles secondaires (Wayback Machine saytida 2020-08-06 sanasida arxivlangan)." Verviers. Retrieved 9 July 2017.
  5. „Deaths in Verviers“ (en). POLITICO (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  6. „Belgian radical Islamists on margins among hometown Muslims“ (en). Reuters (2015-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  7. Traynor, Ian. „The Belgian connections to Islamic radicalism“ (en-GB). The Guardian (2015-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  8. „Quiet Belgian town shocked by Islamist battle“ (en). Bangkok Post. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  9. Conroy, Erin „Social exclusion leaves Belgium ripe for extremism“ (en). The National (2015-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  10. „Deaths in Verviers“ (en). POLITICO (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  11. „Origin | Statbel“. statbel.fgov.be. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.