Whitehall siri
Whitehall siri — 1888-yilda Londonda sodir boʻlgan ochilmagan qotillik . Ayolning tanasining boʻlingan qoldiqlari shahar markazidagi uchta joyda, jumladan, politsiya shtab-kvartirasi Skotland-Yard qurilish maydonchasida topilgan[1]. Voqea Temza Torso qotilliklariga (Temza sirlari yoki qirgʻoq qotilliklari deb ataladi, 1887-yildan 1889-yilgacha Londonda (Angliya) sodir boʻlgan ayollarning ochilmagan qotilliklari ketma-ketligi) tegishli[2][3].
Yangi izlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1888-yil 11-sentabrda Pimlicodagi Temza daryosining loyqa qirgʻogʻida odamning oʻng qoʻl va yelka qismi topildi[4]. The Times gazetasi dastlab qoʻlni tibbiyot talabalari hazillari sifatida suvga qoʻyib yuborilgan deb gumon qilgan edi[4].
1888-yil 2-oktabrda Vestminsterdagi <i>Whitehall</i> yaqinidagi Viktoriya qirgʻogʻida Yangi Skotland-Yard nomi bilan mashhur boʻlgan Metropoliten politsiyasining yangi bosh qarorgohini qurish paytida ishchilar odam qoldiqlari boʻlgan posilkani topdi. Ayol tanasining bir qismi koʻmilgan uch oylik qabr yertoʻlada joylashgan edi. U 29-sentabrdan keyin, Richard Lourens ismli ishchi oxirgi marta qulflanmagan ombor ichida boʻlganida, oʻsha yerga koʻmilgan[5]. Tana matoga, ehtimol qora paltoga[4] oʻralgan va ip bilan bogʻlangan. Keyinchalik Torso politsiya jarrohi Tomas Bond tomonidan jasad qismi ilgari topilgan qoʻl va yelkaga moslashtirilgan[4].
1888-yil 17-oktabrda[6] muxbir Jasper Waring[7] qurilish yaqinida koʻmilgan tizzasidan yuqorisi kesilgan chap oyogʻini topish uchun hududda politsiya ruxsati va mardikorning yordami bilan Shpitsbergen itidan foydalangan[4].
Jasadning bosh va qolgan oyoq-qoʻllari umuman topilmadi va qurbonning shaxsi ham aniqlanmay qoldi[8].
Spekulyatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gazetalar ushbu qotillik va Whitechapel tumanida hamda uning atrofida bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan Jek Ripper qotilliklari oʻrtasidagi bogʻliqlikni taxmin qilishdi, ammo Metropolitan politsiyasi bu holatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni istisno qilgan. Surishtiruvni Vestminster tergovchisi John Troutbeck 8-oktabr kuni ochdi. Bu ayolning „uzun boʻyli va baquvvat“[9] ekanligini aniqladi. Ayol taxminan 24 yoshda va boʻyi 5 fut 8 dyuym boʻlganligi taxmin qilingan[10]. Bachadon tanadan olib tashlangan edi. Oʻng qoʻli inson anatomiyasini biladigan odam tomonidan uzilgan, qon oqimini toʻxtatish uchun turniket qilingan va mushaklar qisqarishi yoʻqligi sababli oʻlimdan keyin olib tashlangan[11]. Shuningdek, jabrlanuvchi oʻlim vaqtida broche satin libosida boʻlganligi ham maʼlum boʻldi[10].
Koʻylak Angliyaning Bredford shahrida ishlab chiqarilgan. Qoldiqlar bilan topilgan gazeta parchalari 24-avgustdagi „Echo“[7] va „Chronika“ jurnalining nomaʼlum sanasidagi soni edi. Oʻlim sababi nomaʼlum boʻlsa-da, jabrlanuvchi boʻgʻilmagan yoki choʻkib ketmagan. Biroq, koroner oʻlim sababi sifatida qon ketishini istisno qila olmadi[12].
Bachadon yoʻqligidan tashqari, jasadning chap oʻpkasida ogʻir plevrit boʻlgan[13]. Jabrlanuvchining farzandlari borligini koʻrsatadigan hech narsa topilmadi; yurak sogʻlom, oʻng oʻpka, jigar, oshqozon, buyrak va taloq normal boʻlgan. U taxminan minimum olti hafta maksimum ikki oyga oldin vafot etgan[10]. Marhumning terisi oq va sochlari qora boʻlgan[9]. Bundan tashqari, tiklangan qoʻlning holati marhumning qoʻl mehnatiga oʻrganib qolgan shaxs emasligini koʻrsatadi[13].
Ommaviy madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stol oʻyini Whitehall Mystery (2017-yilda Fantasy Flight Games tomonidan nashr etilgan) ish asosida yaratilgan. Oʻyinchilar politsiyani (qotilni ovlash va hibsga olishda hamkorlik qilish) yoki jinoyatchini (politsiyadan qochib, taxtaning uchta joyiga — London xaritasiga borishga harakat qiladigan) ifodalaydi[14].
Scotland Yardning, ehtimol, dunyodagi eng mashhur politsiya binosi, dastlab, ochilmagan qotillik bilan bogʻliq jinoyat joyida qurilgani (keyinchalik u yangi joyga koʻchirilgan) istehzoli mavzuga aylangan[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Scotland Yard is built on a crime scene related to an unsolved murder - the Whitehall Mystery“. The Vintage News (2016-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
- ↑ Laurence 2012.
- ↑ „HOLMES' (AND OUR) SCOTLAND YARDS, PART 2“. Simanaitis Says (2017-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Cullen 1965.
- ↑ The Murder at Westminster, 23 October 1888, The Times
- ↑ The Westminster Mystery, Morning Advertiser, 1888-10-23, qaraldi: 2019-04-21
- ↑ 7,0 7,1 Bell 2014.
- ↑ „The Whitehall Mystery“. casebook.org (2004-yil 2-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ 9,0 9,1 Begg, Fido & Skinner 2015.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Scotland Yard is built on a crime scene related to an unsolved murder - the Whitehall Mystery“. The Vintage News (2016-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.„Scotland Yard is built on a crime scene related to an unsolved murder — the Whitehall Mystery“. The Vintage News. 29 October 2016. Retrieved 12 August 2018.
- ↑ Autumn of Terror: Jack the Ripper, His Crimes and Times p. 95
- ↑ „The Whitehall Mystery“. casebook.org (2004-yil 2-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ 13,0 13,1 Casebook: Jack the Ripper — Whitehall Mystery Inquest
- ↑ „Whitehall Mystery Board Game“ (en-gb). 365games.co.uk. 2019-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Norman Shaw Buildings - Building“. RouteYou. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Begg, Paul; Fido, Martin; Skinner, Keith (2015), The Complete Jack The Ripper A-Z - The Ultimate Guide to The Ripper Mystery (inglizcha), John Blake Publishing, ISBN 978-1-784-18279-3
- Bell, Neil R. A. (2014), Capturing Jack The Ripper: In the Boots of a Bobby in Victorian England (inglizcha), Amberley Publishing Limited, ISBN 978-1-445-62168-5
- Cullen, Tom (1965), Autumn of Terror: Jack the Ripper, His Crimes and Times, Bodley Head
- Laurence, Kristen (2012), The Murder Stories (inglizcha), Nischal Hegde, ISBN 978-1-476-30861-6[sayt ishlamaydi]