Kontent qismiga oʻtish

Xarasimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xarasimon suvoʻtlari ajdodi (sinfi) – Charophyccac

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xara suvoʻtlari oʻzining yuksak darajada tuzilganligi bilan boshqa suvoʻtlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqboʻgʻimga oʻxshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan boʻlib, boʻgʻin va boʻgʻin oraliqlarini hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan boʻgʻin oraligʻini toʻliq egallagan boʻlib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir necha poʻstloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvoʻtlarining ayrim vakillarida poʻstloq hujayralar boʻlmaydi va boʻgʻin oraligʻi bir dona uzun hujayradan iborat boʻladi (masalan, nitclla). Boʻgʻindan „toʻpbarglar“ chiqqan boʻlib, uning orasida yon „shoxcha“ shaklida oʻsgan ayrimlari xaralarni shoxlanib oʻsishga olib keladi. Xara suvoʻtlari odatda sekin oqadigan suvlarda yoki hovuz va suv koʻproq turib qoladigan koʻlmaklarda suvning ostki qismidagi quyqalarga rizoidlari yordamida yopishib oʻsadi. Xara tallomining ustki qismi ohakli tuzlarni shimib olganligi sababli moʻrt boʻladi. Hujayralari pirenoidsiz donachasimon xromatoforga ega. Xara suvoʻtlari maxsus kurtakchalar yordamida vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Jinssiz koʻpayish ularda uchramaydi. Lekin jinsiy koʻpayishi murakkab jarayon hisoblanib, oogoniy va anteridiylari koʻp hujayrali boʻladi. Oogoniysi toʻpbargehalarining ustki qismida joylashib, bir dona katta tuxum hujayrasi spiral shaklda poʻstloq hujayralar bilan oʻralgan va oogonivning ustki qismida tuguncha hosil qiladi. Tuguncha orasida kichik tirqish boʻlib, unda tuxum hujayrani otalantiruvchi spermatozoid oʻtadi. Anteridiy toʻpbargchalar ostida joylashib, bir necha qalqonchalardan tashkil topgan. Qalqonchalar bir-biri bilan birlashib, dumaloq shakldagi antcridiyni yuzaga kcltiradi. Har bir qalqonchaning ichki qismida maxsus oʻsimtasi bor. Bu oʻsimta ,,dasta" deb ataladi va unda bir qancha ipchalar tarmoqlanib, ularning har bir hujayrasida bittadan spermatozoid yetiladi. Axiteridiy yetilgach, qalqonchalari ochilib, spermatozoidlar suvga chiqadi va erkin suzib tuxum hujayrani otalantiradi. Hosil boʻlgan zigota tinim davrini oʻtagach, reduksion boʻlinadi va yangi oʻsimlik hosil qiladi. Xara suvoʻtlarining yuksak darajada tuzilganligining, ayniqsa, koʻpayish aʼzolarining koʻp hujayrali ckanligining hisobga olinib, hozirgi paytda alohida xaratoifa suvoʻtlari boʻlimi sifatida yashiltoifa suvoʻtlaridan ajratilgan.

Xarasimon suvoʻtlari sinfining tipik vakillari xara (Chara) va nitella (Nitella) boʻlib, Oʻzbckistonda ariq va sugʻorish kollcktorlarida keng tarqalgan.