Kontent qismiga oʻtish

Xon kasalxonasi

Koordinatalari: 41°23′12″N 60°21′49″E / 41.386644869747066°N 60.36369664489146°E / 41.386644869747066; 60.36369664489146
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xon kasalxonasi
Muqobil nomlari Valiahd shahzoda Aleksey kasalxonasi, Xiva kasalxonasi, Dishan qalʼa kasalxonasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi meʼmoriy yodgorlik
Turi Kasalxona
Manzili „Mevaston“ MFY
Shahar Xiva shahri
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°23′12″N 60°21′49″E / 41.386644869747066°N 60.36369664489146°E / 41.386644869747066; 60.36369664489146
Qurilishi boshlangan 1912-yil
Qurilishi tugagan 1912-yil
Egasi Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi
Map
Xon kasalxonasi xaritada

Xon kasalxonasi (boshqa nomlari:Valiah shahzoda Aleksey kasalxonasi, Xiva kasalxonasi, Dishan qaʼla kasalxonasi) – Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. 1912-yilda Xiva shahridagi Oqyop kanali boʻyida Rossiya imperatori Nikolay IIning oʻgʻli shahzoda Aleksey sharafiga Asfandiyorxon tomonida qurilgan kasalxona[1][2].

Xon kasalxonasi Asfandiyorxon tomonidan Dishan qaʼlada 1912-yilda qurilgan boʻlib, hozirda Xiva shahri Mevaston mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan. Hozirda Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida. Kasalxonaning ikkinchi nomi valiahd shahzoda Aleksey kasalxonasi. Kasalxona peshtoqiga bino Asfandiyorxon tomonidan qurilganining tasdiqlovchi soʻzlar bitilgan: „Sayid Isfandiyor Bahodirxondan valiahd shahzoda Alekseyga 1912 yil“[1][3]. Bitiklar arab yozuvidagi turkiy tilda va eski slavyan yozuvida yozilib kasalxonaning old tomonidagi ikkita peshtoqi oraligʻidagi oynavand peshtoq tepasiga qoʻyilgan[4]. Kasalxona loyihasi muallifi rus arxitektori Aleksandr Roop hisoblanadi[1]. Kasalxonani qurishda naqqosh, Oʻzbekiston xalq rassomi Abdulla Boltayev ham ishtirok etgan[2]. Kasalxonaning qurilishida Quryaz Bobojon oʻgʻli, Bobojon Qalandar oʻgʻli, Ota Shixov, Ismoil Abdiyaz oʻgli, Xudargan Xoʻja oʻgʻli, Roʻzmat arbob Masharip oʻgʻli va Sodiq xoʻja Matkarim oʻgʻlilari qatnashganlar[4]. Kasalxona Yevropa va Xorazm meʼmorchiliklarining ekletik uslubida qurilgan[2]. Dastavval kasalxonada xon va uning yaqinlari davolangan, keyinchalik oddiy aholiga ham ushbu kasalxonada davolanishga ruxsat berilgan. Dastlab kasalxonada bitta shifokor ishlagan, soʻngra ularnining soni Rossiya imperiyasining turi shaharlaridan kelgan shifokorlar bilan oshirib borillgan[3] va shifokorlar bir yoʻla ellik nafar bemorga xizmat koʻrsatishgan. Kasalxonada ayollar boʻlinmasi ham boʻlgan boʻlib, unda ayollar va bolalarga tibbiy ximat koʻrsatilgan[3]. 1912-yilda Xudoybergan Devonov tomonidan kasalxonaning shimoliy qismi yon tomonidan suratga olingan.

1913-yilda kasalxona qarshisida pochta-telegraf binosi quriladi va Oʻrta Osiyo shaharlarini bir-biriga bogʻlovchi aloqa yoʻlga qoʻyilgan. Bu davrgacha aloqa xizmati maxsus choparlar orqali amalga oshirilgan, hozir bu binoda aloqa muzeyi tashkil qilingan[1].

Kasalxona hozirda ham faoliyat yuritib kelmoqda[3].