Ayollar konsultatsiyasi
Ayollar konsultatsiyasi – ayollar kasalliklarining oldini olish va davolash muassasasi. Unda ayollarga, ayniqsa, homiladorlikda, "chilla" dav-rida va turli ginekologik kasalliklarda malakali yordam koʻrsatiladi hamda te-gishli maslahatlar beriladi. Ayollar konsultatsiyasi ning asosiy vazifasi homiladorlarni mun-tazam kuzatib borish, homiladorlikda uchraydigan turli toksikoz kasalli-klarining oldini olish va davolash, chala va ulik tugʻishning oldini olish, homiladorlarni tugʻishga psixoprofi-laktik yoʻl bilan tayyorlash kabilardir. Ayollar konsultatsiyasi ayollar oʻrtasida sanitariya maorifi ishlarini ham olib boradi. Ayollar konsultatsiyasida aku-sherginekolog, terapevt, stomatolog, ve-nerolog, yurist va boshqa mutaxassislar xizmat qiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |