Kontent qismiga oʻtish

Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir
arabcha: یَزید بن زیاد بن مُهاصِر
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni
Oʻlim sababi Karbalo jangida shahid boʻlgan
Dafn etilgan joyi Karbalo, Iroq
Dini Islom
Tanilgan sohasi Husayn ibn Alining hamrohi

Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir – Abu ash-Shaʼsa al-Kindiy nomi bilan mashhur, dastlab Umar ibn Saʼd qoʻshini tarkibida boʻlgan, keyin esa Husayn ibn Ali qoʻshini safiga qoʻshilgan. Karbalo jangi shahidlaridan.

Yazid ibn Ziyod ibn Muhosir Banu Bahdala qabilasining Kinda urugʻiga mansub edi. Kunyasi Abu ash-Shaʼsa[1].

Husayn ibn Alining hamrohi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibn Ziyod Hurr ibn Yazidga maktub yoʻllagan vaqtda, Abu ash-Shaʼsa mazkur maktubni unga yetkazib bergan odamni bir qabiladan boʻlganligi sababidan taniydi va unga: „Onang senga motam tutib oʻtirsin! Sen yetkazgan xabar nima?“ – deb soʻradi. U kishi: „Men imomimga (rahbarim, yaʼni Ibn Ziyodga) itoat qildim va u zotga qilgan bay’atimga sodiq qoldim“, – deb javob berdi. Abu ash-Shaʼsa aytdi: „Siz Allohga osiy boʻlib, imomingizga itoat qildingiz va oʻz halokatingizga sabab boʻlib, uyatga qoldingiz“[2].

Abu ash-Shaʼsa Hurr ibn Yazid va uning qoʻshini Husayn karvoniga yaqinlashmasdan oldin Kufadan chiqib ketgan, soʻng uning qoʻshini tarkibiga qoʻshilgan.

Boshqa bir rivoyatda keltirilishicha, Abu ash-Shaʼsa Umar ibn Saʼd qoʻshiniga Kufadan to Karbalogacha hamrohlik qilgan. Shunga qaramay, Husayn ibn Alining takliflari rad etilganidan xabardor boʻlib, Husaynning lashkariga qoʻshilgan[3].

Abu ash-Shaʼsa Karbalo jangida oti ustida jang qilgan. Oti soʻyilganda, Husaynning yoniga choʻkkalab oʻtirib, Umar ibn Saʼd qoʻshiniga 100 ta oʻq otgan. Abu ash-Shaʼsaning oʻqlari tamom boʻlgach, oʻrnidan turib: „Faqat beshta oʻq nishonga tegmadi“, deb aytgan.

  1. Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn. Najaf, Iraq: Haydariyya Printing House, 1923 — 171-bet. 
  2. Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn. Najaf, Iraq: Haydariyya Printing House, 1923 — 172-bet. 
  3. Muhammad Ibn Jarir Tabari. Sahih Tarikh al-Tabari. دار ابن كثير, 2013 — 445–446-bet. ISBN 978-6144151112.