Yeni-Kale
Qalʼa | |
---|---|
Єні-Кале | |
Yeni-Kale minorasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Mehmonlar uchun diqqatga sazovor joy |
Joylashuvi | Qrim, Rossiya |
Shahar | Kerch |
Koordinatalar | 45°20′57″N 36°36′17″E / 45.34917°N 36.60472°E |
Qurilishi tugagan | 1706-yil |
Dizayn va konstruksiya | |
Muhandis | Goloppo |
Yeni-Kale |
Yeni-Kale (ukraincha: Єnі-Kale; ruscha: Yenikale; turkcha: Yenikale; qrim tatarcha: Yeñi Qale deb ham yoziladi) Kerch shahridagi Kerch bo‘g‘ozi qirg‘og‘idagi qal’a.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimgi davrda bu hududda qadimgi yunon shahri Myrmēkion joylashgan boʻlib, bu yerdan koʻplab qadimiy ashyolar topilgan[1][2].
Yeni-Kale 1699-1706-yillarda Usmonli turklar tarkibidagi Qrim xonligiga tegishli boʻlgan Kerch yarim orolida barpo etilgan. Yenikale nomi turkcha „Yangi qal’a“ maʼnosini anglatadi (yeni – yangi, kale – qal’a). Qal’a qurilishi Islomga kirgan italiyalik Goloppo rahbarligida barpo etilgan. Qurilish jarayonida bir nechta fransuz muhandislari ham ishtirok etgan[3].
Yangi-Qal’a kuchli zambaraklar bilan qurollangan boʻlib, Kerch bo‘g‘ozi qirgʻogʻida muhim strategik ahamiyatga ega edi. Qal’a 25 000 kvadrat metr maydonni egallagan boʻlib, unda ikkita oʻq-dori ombori, qurol-yarogʻ ombori, suv havzasi, turar-joy binolari, hammom va masjid mavjud edi. Yangi-Qal’ada taxminan 800 nafar turk va 300 nafar qrim-tatar askarlari joylashtirilgan edi. Qal’aning zaif tomoni hududda ichimlik suvining yetishmasligi boʻlib, shu sababli qal’adan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan buloqdan suv olib kelish uchun yerosti suv quvuri qurilgan edi. Shuningdek, Yeni-Kale poshoning qarorgohi vazifasini ham bajargan.
1768-1774-yillardagi Rus-turk urushi davrida Rossiya qoʻshini 1771-yil yozida Qrimga bostirib kirdi. Usmonli turklar imperiyasidan qoʻshimcha kuchlar oldinroq yetib kelgan boʻlsa-da, turklar Yeni-Kaleni tashlab ketishga qaror qiladi. General Nikolay Borzov boshchiligidagi rus harbiy boʻlinmalari 1771-yil 21-iyun kuni qal’aga kirib bordilar[4]. Yeni-Kale qoʻmondoni boʻlgan Abaza Muhammad Posho Sinopga qochib ketdi va sulton uni harbiy muvaffaqiyatsizliklari uchun oʻlim jazosiga hukm qilgan.
1774-yildagi Kyuchyuk-Kaynarja sulhi natijasida Kerch va Yeni-Kale qal’asi Rossiyaga topshirildi. Qal’a keyinchalik Tavriya guberniyasining Kerch-Yenikale shahar maʼmuriyati tarkibiga kirdi.
XIX asrda qal’a ruslar tomonidan harbiy shifoxona sifatida foydalanilgan. 1880-yillardan boshlab Yeni-Kale butunlay tashlandiq holatga kelib qolgan.
Bugungi kunda Yeni-Kale vayronalariga sayyohlar tez-tez tashrif buyurishadi. Kerchning qoʻshni tumani ham Yeni-Kale deb nomlanadi.
Galeriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yeni-Kalening janubiy darvozasi
-
Yeni-Kalening shimoliy devori
-
Yeni-Kalening qirgʻoq tomoni
-
Turk qal’asi
-
Yeni-Kalening gʻarbiy darvozasi