Kontent qismiga oʻtish

Zarina va Striangey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"ZARINA VA STRIANGEY" - tarixiy qissa. Muallifi — yunon tarixchisi Ktesiy (mil. av. 400 y.). Qissada (uning turli variantlari bor) saklar bilan Midiya davlati oʻrtasidagi urushlar haqida hikoya qilinadi. Saklar malikasi Zarina birinchi eri podsho Kidrey vafot etgach, Midiyaga tobe Parfiya viloyati dinasti (hokimi) Marmarga turmushga chiqadi. Bundan norozi boʻlgan Midiya saklarga qarshi urush ochadi. Janglardan birida Zarina yarador boʻlib, jang maydonidan oʻzini chetga oladi, uni midiyalik Striangey taʼqib etib otdan qulatadi. Biroq asirasi yosh, goʻzal sak qizi ekanligini koʻrgach, Striangey unga oshiq boʻlib, Zarinaga ziyon zaxmat yetkazmay qoʻyib yuboradi. Oradan bir oz vaqt utgach, Zarinaning eri Marmar Striangeyni asir olib, uni qatl qilmoqchi boʻladi. Zarina eridan Striangeyni ozod qilishni soʻraydi, biroq rad javobi olgach, Striangeyni va asirlardan bir qanchasini oʻzi xalos etib, ular bilan birgalikda Marmarni uldiradi. Shundan soʻng midiyaliklarga Parfiya viloyatini qaytarib, ular bilan doʻstlik sulhi tuzadi. "3. va S." qahramonlik va sevgi haqidagi qissa boʻlib, uning bosh qahramoni Zarina tarixiy shaxe — sak hukmdorlaridan biri boʻlgan. Qissada u zakovatli va tadbirkor, qabiladoshlariga gʻamxoʻr hukmdor, shuningdek, ornomusli, odobli va iffatli ayol sifatida gavdalanadi. Ktesiy maʼlumotiga koʻra, Zarina vafotidan keyin saklar unga ehrom shaklida maqbara qurib, oltin haykal urnatishgan. Kissa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan.

  • Pyankov I. V., Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya, Dushanbe, 1975.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil