Kontent qismiga oʻtish

Bilim daraxti

Koordinatalari: 23°33′8.6″S 145°17′22.6″E / 23.552389°S 145.289611°E / -23.552389; 145.289611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Bilim daraxti" yodgorligidan yoʻnaltirildi)
"Bilim daraxti" yodgorligi

"Bilim daraxti" 2013-yil
Joylashuv Avstraliya Avstraliya Kvinslend Barkaldin
Balandligi 18 metr
Qurila boshlagan 2007-yil
Qurilish tamomlangan 2009-yil
Vebsayt www.treeofknowledge.com
Xarita
Koordinatalari 23°33′8.6″S 145°17′22.6″E / 23.552389°S 145.289611°E / -23.552389; 145.289611


Bilim daraxti — Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Barkaldin shahrida xuddi shu nomdagi daraxtga o'rnatilgan tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Daraxt 1891-yildagi qo'y yungini qiruvchilarning ish tashlashi uchun asosiy maydonga aylangan, buning natijasida innovatsion siyosiy qarorlar[1] Kvinslend tarixida, ishchi harakatining rivojlanishida va Avstraliya leyboristlar partiyasining shakllanishida burilish nuqtasi bo'ldi. Avstraliya leyboristlar partiyasi[2] - dunyodagi birinchi sotsial-demokratik partiyalardan biri[3].

Daraxt turi Evkalipt Corymbia aparrerinja[4] Barkaldinadagi OAk ko'chasida joylashgan[5][6] va 250 yil yashagan deb taxmin qilinadi[7][8].

1880-yillarning oxiri va 1890-yillarning boshlariga kelib, Kvinslend va Yangi Janubiy Uelsda qoʻy boqish maydonlarining tez kengayishi yerdan intensiv foydalanishga va fermer xoʻjaliklarining kengayishiga olib keldi, ularning egalari oʻz ishchilarining yashash va mehnat sharoitlariga alohida eʼtibor qaratmaganlar. Qo'y yungini kesuvchilar soni har bir yung kesish stansiyasida 30 kishigacha bo'lgan, ularning ish haqi talab va taklif hajmiga qarab o'zgarib turgan. Bunga parallel ravishda ixtirochi Frederik Vulsli oʻz mablagʻi evaziga qoʻy qirqish mashinasini yaratdi va 1887-yilda Sidneyda ustav kapitali 20 ming funt sterling boʻlgan The Wolseley Sheep Shearing Machine Company kompaniyasini tashkil qildi. Clipper savdosi asta-sekin o'sib bordi, bu qo'y yungini an'anaviy usulda qiruvchilar tomonidan ularning boyligi va foydasiga tahdid sifatida ko'rildi, chunki endi har kim qo'y yungini qirqishi mumkin edi, shu bilan birga mashinada qirqishning afzalliklarixam bor bo'lib - yung va qo'ylarga zararni kamaytirar, yung esa nisabatn sifatli va ko'proq ajratilardi[9].

Kasaba uyushmalarining tashkil topishi va kurash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1885-yilda Brisben Savdo va Ishchilar Kengashi tuzildi, u chorvadorlar ahvolining muayyan mehnat sharoitlariga mos kelishini targ'ib qiluvchi kasaba uyushmalari faoliyati boshlandi va bu 1889-yilda Avstraliya Mehnat Federatsiyasi tashkil etilishiga olib keldi. 1886-yilda Kvinslend shtatining liberal bosh vaziri Semyuel Griffit o'z faoliyatini antipatoralist sifatida boshlagan, 1871-yili eskirgan ingliz qonuni asosida kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonunni kiritgan. Qonun qabul qilingandan so'ng, birlashgan chorvador ishchilari uyushmasi prezidenti Uilyam Spens g'arbiy Yangi Janubiy Uelsda kasaba uyushmalari tuzish bo'yicha ko'rsatma berdi. Chunki chorvadorlar ish haqini qisqartira boshladilar va ishchilarni ishdan bo'shatishdi. 1889-yilda Kvinslenddagi 3 milliondan ortiq qo'yga ega 28 dan ortiq stantsiya egasi Jorj Fairbairn chorvadorlar yig'ilishida ish tashlashlar boshlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar munosabati bilan ularning oldini olish uchun Kvinslend ish beruvchilar markaziy assotsiatsiyasini tuzishga qaror qilindi va kasaba uyushmalari bilan muzokaralar olib borishdan bosh tortgan holda ish haqi keskin qisqartirilishini e'lon qilishdi[10].

Xyugendendagi piyodalar bo'linmasi, 1891-yil.
Xyugendendagi lager, 1891-yil.

1891-yil 5-yanvarda Klermont shimolidagi Logan Downs stantsiyasida Jorj Fairbairn kasaba uyushma qoidalarisiz qo'ylarni yungini qirqishga ruxsat beruvchi kelishuvni taqdim etdi. 29-dekabr kuni Avstraliya Mehnat Federatsiyasi a'zosi Jorj Teylor Klermontga jo'nadi, u yerda Logan Downs stantsiyasida yig'ilgan qirquvchilar bilan birgalikda Volfgang Krik bo'yida ish tashlash lagerini tashkil etishga qaror qilib, kelishuvni rad etdi. 1-fevral Kvinslend qo'y yungini qirquvchilar ittifoqi va Kvinslend ishchilar uyushmasi rasmiy bayonot berib, kasaba uyushmalari ishchilar uchun adolatga e'tibor qaratishining yagona vositasi ish tashlash ekanligini e'lon qildi. Fevral oyining oxirida qo'shinlar Klermontga yuborildi, u yerda 500 ga yaqin faollar joylashgan edi, buning natijasida ish tashlash markazi 30 ga yaqin stantsiyaga ega bo'lgan Barkaldin shahriga ko'chdi. 28-fevral kuni faollar yaqin atrofdagi stansiyalardan yung yigʻadiganlar va mahalliy harbiylar tomonidan qoʻllanilgani uchun oʻsha paytda “Alleluya daraxti” nomi bilan mashhur boʻlgan Bilim daraxti yonida joylashgan katta omborxona oldida mash’ala chiroqlarini yoqib chiqish oʻtkazishdi. Birinchi marshda 60 chavandozlar va mahalliy cholg'u orkestrlari boshchiligida bosh vazir Griffit va Kvinslend qonun chiqaruvchi assambleyasi a'zosi Frenk Merfining suratlarini ko'tarib, katta olomon oldida yoqib yuborilgan. Ushbu chiqishda 1000 dan ortiq odam qatnashdi. 15-mart kuni Gimpi va Meriborodan otlangan piyodalar va harbiy xizmatchilarning otryadlari temir yo'l orqali Barkaldinga yetib kelishdi va sud binosi yonida harbiy lager tashkil qilishdi. bunining oqibatida ishchilar o'z saflariga tobora ko'proq odamlarni jalb qila boshladilar, natijada 1891-yil yanvar-may oylari orasida Krik Lagun va Moviy Bush botqog'i yaqinidagi lagerlarda ish tashlashchilar soni 3 ming kishiga ko'paydi. O'sha paytda Kvinslendning boshqa shaharlarida, xususan Xyugendenda yangi lagerlar paydo bo'ldi[11][12].

Daraxt kasaba uyushmalari harakati va siyosiy harakatning ramzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1891-yil 1-may kuni Mehnat kuni ish tashlashgan qoʻy yungini qirquvchilar guruhlari Barkaldina koʻchalariga yaxshi mehnat sharoitlariga kurashish uchun yurishdi va asta-sekin Bilim daraxti sari kela boshlashdi[13]. Ular Krik Lagunidagi asosiy zarba lageriga qo'shimcha ravishda, uchta ko'cha va yurish maydoni[14] bilan harbiy uslubda tashkil etilgan bir necha joylarda to'planishdi. Temir yo'l orqali shaharga kelgan kasaba uyushmalari a'zolari daraxt yonidagi vokzal yaqinida ish tashlashchilar bilan uchrashib, harakat tarafdorlarini o'zlarining haq ekanliklariga ishontirishga harakat qilishdi. Ish tashlashning eng yuqori cho'qqisida 9000ga yaqin kishi qatnashdi[15]. Olti kundan soʻng, 6-may kuni mustamlaka ma’muriyati Yangi Janubiy Uels va Kvinslend hukumatlari koʻmagida hamda politsiya yordami bilan norozilik lagerini tarqatib yubordi va 200 ga yaqin odamni bir qancha ayblovlar, jumladan, fitna uyushtirishda ayblab xibsga oldi. 20-may kuni Rokgemptonda o'n uch kishi jinoiy fitnada ishtirok etganlikda aybdor deb topildi va "Avstraliya Alkatrazi" nomi bilan tanilgan Moreton ko'rfazi yaqinidagiSent-Yelena orolida joylashgan qamoqxonada uch yillik og'ir mehnatga hukm qilindi[16]. Shundan soʻng, 1892-yil 9-sentabrda daraxt tagida Kvinslend mehnat partiyasining Kvinslend aholisiga manifesti oʻqib eshittirildi, bu Avstraliya Mehnat partiyasining ta’sis hujjatiga aylandi[17][18]. Manifest Kvinslenddagi ishchilar harakatini rivojlantirishda faol ishtirok etgan Karl Seymur tomonidan ishlab chiqilgan va partiya prezidenti Tomas Glassey tomonidan imzolangan, keyinchalik u Kvinslenddan birinchi xalq tomonidan saylangan senator bo'lgan[19]. Ish tashlashning natijasi, ko'plab voqealar zanjirining muhim bo'g'i vazifasini o'tadi va o'z natijasini berdi. 1892-yilda qo'y yungini qirquvchi Tommi Rayan Kvinslend Qonunchilik Assambleyasining birinchi leyborist a'zosi etib saylandi[20]. 1899-yilda Kvinslenddagi birinchi leyboristlar hukumati va Anderson Douson[21] boshchiligida dunyodagi birinchi parlamentli sotsialistik hukumat tashkil topdi.

Barkaldindagi evkalipt daraxtlari ostidagi ishchi hujumchilar lageri, 1891-yil. Bilim daraxti 1991-yil Bilim daraxti 1997-yil

O'shandan beri Kvinslendda har yili May oyining birinchi haftasida Mehnat kuni nishonlanadi[22]. 2009-yilda Kvinslend Mehnat partiyasi manifesti YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi “Jahon xotirasi” loyihasiga kiritildi[23]. Manifestning asl nusxasi hozir Brisbendagi[24] Kvinslend davlat kutubxonasidagi Jon Oksli kolleksiyasida saqlanadi.

Daraxt katta ko'zga ko'rinadigan bo'lganid balandligi 8-10 metr bo'lib, Barkaldindagi mehmonxona oldida o'sishda davom etdi[25]. 1990-yilda daraxtga termitlar hujumi bo'ldi va bu darxtda jiddiy muammolar paydo qildi. Zararkunandalarga qarshi kurash va ildiz tizimini yuvish natijasida 1993-yil oxiriga kelib daraxtning holati yaxshilandi[26]. 1991-yilda ish tashlash boshlanganining 100 yilligi munosabati bilan daraxt atrofi obodonlashtirilib, yodgorlik majmuasi o'rnatildi[27]. 1992-yil 21-oktabrda daraxt Kvinslend merosi ro'yhatiga va 2006-yil 26-yanvarda Avstraliya milliy merosi roʻyxatiga[28] kiritildi.

2006-yil aprel oyida shubhali tarzda daraxt gerbitsidlar bilan ataylab zaharlangan va daraxtni asl holiga qaytarish imkoni bo'lmagan[29][30][31]. Zaharlanishning birinchi belgilari may oyida, daraxt barglari to'kila boshlaganidan keyin sezilgan[32]. 3-oktabr kuni Leyboristlar partiyasining mahalliy boʻlimi prezidenti Pat Ogden daraxt butunlay qurib barglarsiz qolgani haqida xabar berdi[33][34]. 2007-yil 29-iyulda daraxt kesildi[35]. Shundan soʻng Kvinslend hukumati qarori bilan balandligi 7 metr va kengligi 2 metr boʻlgan daraxtning har bir novdasini saqlab qolish maqsadida konservatsiya qilindi[36].

2009-yil 2-may kuni daraxt oʻrnatilgan joyda balandligi 18 metr va qiymati taxminan 5 million dollar[37] boʻlgan yodgorlik[38] rasman ochildi. Yodgorlik ustida loyiha rahbarlari Jon Allen va Allen Dvayer boshchiligidagi maslahatchilar, landshaft arxitektori tadqiqotchilari jamoasi ishlagan[39]. Memorial me'mori Brayan Xuper 2009-yilgi «Australian Timber Design Awards»[40] va 2010-yilgi «National Architecture Awards»[41]ni oldi. Daraxt kubik shaklidagi soyabon ostida joylashgan bo'lib, 3600 ta yog'och bargdan iborat bo'lib, barglar burchak ostida egilgan va shu bilan tojni hosil qiladi[42]. Daraxt yaqinida bayroq ustuni va bronza va granitdan yasalgan yodgorlik joylashgan bo'lib, unda shunday yozilgan:

Ushbu lavha 1891-yilda ushbu daraxt ostida Avstraliyaga mehnat va siyosiy harakatni olib kelgan qattiqqo'l erkaklar va ayollar tomonidan qilingan fidoyilik, jasorat va qurbonliklarni bizga eslatadi.

Bilim daraxtining nihollari,Kvinslend davlat kutubxonasi yaqinida ekilgan[43]. 2005-yil 2-mayda Leyboristlar partiyasi tashkil etilganining 114-yilligini nishonlash uchun Barkaldinda daraxtning nihollari ekildi[44]. 2008-yilda daraxt Kvinslend qishloq xo'jaligi, baliqchilik va o'rmon xo'jaligi departamenti xodimlari tomonidan 30 nusxada muvaffaqiyatli klonlandi[45]. 2011-yil 27-noyabrda Kvinslend pre meri Enn Bly Brisben daraxtning klonini ekdi[46]. 2011-yil 19-aprelda Avstraliya poytaxt hududining birinchi vaziri Jon Stenxop va Avstraliya Bosh vaziri Julia Gillard Kanberra milliy bilim daraxtidan yetishtirilgan nihollarni ekish marosimida qatnashdilar[47].

  1. name="herqldout">Pearce, p. 47
  2. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  3. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  4. name=asgap>Walters, Brian. „Eucalypts but not Eucalyptus“. Australian Plants Online. Association of Societies for Growing Australian Plants. 2012-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
  5. http://monumentaustralia.org.au/themes/government/dissent/display/90483-tree-of-knowledge
  6. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  7. http://www.smh.com.au/news/national/as-labors-tree-dies-a-new-seed-is-born/2006/10/03/1159641324103.html
  8. http://www.independentaustralia.net/politics/politics-display/the-forthcoming-assault-on-workers-rights,5003
  9. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  10. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  11. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  12. http://www.queenslandplaces.com.au/barcaldine-and-barcaldine-shire
  13. http://www.environment.gov.au/heritage/places/national/tree
  14. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  15. http://architectureau.com/articles/tree-of-knowledge-1/
  16. http://www.awu.net.au/news/remembering-rebels-who-created-our-unionnion[sayt ishlamaydi]
  17. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  18. http://blogs.slq.qld.gov.au/jol/2009/11/08/manifesto-displayed-under-the-tree-of-knowledge-in-barcaldine/
  19. http://blogs.slq.qld.gov.au/jol/tag/tree-of-knowledge/
  20. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  21. http://blogs.slq.qld.gov.au/jol/tag/tree-of-knowledge/
  22. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  23. http://www.unesco.org/new/en/communication-and-information/flagship-project-activities/memory-of-the-world/register/full-list-of-registered-heritage/registered-heritage-page-5/manifesto-of-the-queensland-labour-party-to-the-people-of-queensland-dated-9-september-1892/
  24. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  25. http://www.environment.gov.au/cgi-bin/ahdb/search.pl?mode=place_detail;place_id=105721
  26. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  27. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  28. http://www.environment.gov.au/heritage/places/national/tree
  29. http://www.abc.net.au/7.30/content/2009/s2557519.htm
  30. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  31. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  32. http://www.abc.net.au/am/content/2006/s1754425.htm
  33. http://mg.co.za/article/2006-10-03-australias-iconic-tree-of-knowledge-poisoned/
  34. http://news.bbc.co.uk/2/hi/asia-pacific/5402858.stm
  35. http://www.environment.gov.au/heritage/places/national/tree
  36. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  37. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  38. http://www.abc.net.au/news/2009-05-02/barcaldine-unveils-tree-of-knowledge-memorial/1670386
  39. http://architectureau.com/articles/tree-of-knowledge-1/
  40. http://www.timberawards.com.au/winners/awards-winners-2009
  41. http://architectureau.com/articles/barcaldine-tree-of-knowledge-1/
  42. http://architectureau.com/articles/tree-of-knowledge-1/
  43. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  44. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  45. http://www.abc.net.au/news/stories/2008/04/30/2231010.htm
  46. http://www.cabinet.qld.gov.au/MMS/StatementDisplaySingle.aspx?id=77857
  47. „arxiv nusxasi“. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.