Kontent qismiga oʻtish

Gʻallabank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("G`allabank"dan yoʻnaltirildi)

Gʻallabank1994-2009-yillarda Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblangan. 2009-yilda „Qishloqqurilishbank“ sifatida qayta tashkil etilgan.

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„GʻALLABANK“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi"Oʻzdonmahsulot" davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida"gi [1] hamda 27-iyundagi „Gʻalla-bank“ aksionerlik-tijorat bankining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-shapoitlar yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi [2] qarorlariga muvofiq tashkil etilgan.

Bankning asosiy maqsadi don yetkazib beruvchilarga kredit-hisob-kito6 xizmati koʻrsatishni tartibga solish va jadallashtirish hamda don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari ishlab turishi va yanada rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashdan iborat boʻlgan.

Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning asosiy yirik aksiyadorlari:

„Oʻzdonmahsulot“ aksiyadorlik kompaniyasi (32,5%), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (25,0%), Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (12,5%), „Paxtabank“ (12,5%), shuningdek, don mahsulotlari hududiy (viloyat) aksiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari va boshqa Aksiyadorlari soni 5263 ta, ulardan 3 mingdan ortigʻi jismoniy shaxslar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 mintaqaviy (viloyat) filiali, 18 ta tuman filiallari va 68 ta mini banki, 141 ta jam-gʻarma shoxobchalari mavjud (2005). Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari – gʻalla va boshokli don mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjalik subʼyektlariga, un va non sanoati korxonalariga bank xizmatlari koʻrsatish, shu tarmoklarga chet el investitsiyalarini, ilgʻor texnologiyalarini jalb qilish, mamlakat don va un mahsulotlari eksportini rivojlantirishga, respublikaning gʻalla mustaqilli-giga erishishiga yordam koʻrsatish va boshqalardan iborat.

Bank 1994-yil noyabrdan boshlab chet el valyu-tasida bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsen-ziyaga ega, 1996-yildan qimmatli qogʻozlar bozorida ishtirok etadi. „Toshkent“ fond birjasida oʻz bro-kerlik idorasini ochgan. 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitob jamgʻarmasining moliyaviy agenti sifatida faoliyat olib boradi. Loyihalarni moliyaviy taʼminlash va korporativ mijozlar bilan birga chakana mijozlarga ham barcha bank xizmatlarini koʻrsatadigan universal tijorat banki hisoblanadi. Aholiga valyuta ayirboshlash sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha 70 ta shoxobchaga ega (shundan 20 tasi Toshkent shahrida).

Bank Xalqaro tiklanish va taratskiyot bankining „Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash“ loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

Bank dehqon va fermer xoʻjaliklariga minitexnologiyalar olish uchun moliyaviy lizing xizmatlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish, eksportbop yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va boshqa yoʻnalishlarda ham xizmatlar koʻrsatadi.

2005-yilda turli mulkchilik shakllaridagi 58,0 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatdi (2001-yilda 23927 ta mijozga xizmat koʻrsatgan). Bankning (mln. soʻm) ustav kapitali – 4958,1 (1994-yilda 8,0 mln. soʻm boʻlgan); jami aktivlari – 100918,9; jami kapitali – 16258,2; jami kre-dit qoʻyilmalari – 56111,5; kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar – 6225,4; sof foyda (balans boʻyicha) – 2616,5 (2005, 1-yanvar).

„Gʻallabank“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi ""„Qishloq qurilish bank“ aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan „Qishloqqurilishbank“ aksiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil etilgan[3].