Kontent qismiga oʻtish

Gulyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Gulyor"dan yoʻnaltirildi)

"GULYOR" — 1) ommabop oʻzbek xalq qoʻshiqlaridan; 2) rivojlangan shaklli oʻzbek ashula yoʻllaridan. Dastlab Toshkent, Fargʻona vodiysida mashhur boʻlgan. U saraxbor usulida 2/4 takt oʻlchovida ijro etiladi. Uygʻur xalq musiqasida ham "Gulyor" nomli qoʻshiqlar bor, bularda sheʼrning har misrasidan keyin "Gulyor" soʻzi takrorlanadi (yana qarang GulyorShahnoz). Respublikamizda "Gulyor" nomidagi bir necha ayollar folklor-etnografik ansambllari mavjud (mas, Boʻstonliq tumanidagi "Gulyor" ansambli).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil