Kontent qismiga oʻtish

Hamshira

Vikipediya, erkin ensiklopediya
("Hamshira"dan yoʻnaltirildi)

Hamshira — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi[1]. Davolash-profilaktika muassasalarida hamshira vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ish olib boradi. Hamshira bemorlarni parvarish qilish, haroratni oʻlchash, dori tarqatish, davolash muolajalari (kompress, gorchichnik qoʻyish va hokazo) va boshqa vazifalarni bajaradi. Hamshiralar turli tibbiyot muassasalari (kasalxona, poliklinika, dispanser, sanatoriy va boshqalar)da, shuningdek, yasli va bolalar bogʻchasida xizmat qiladi. Hamshiralikka tibbiyot kollejlarida oʻqitiladi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda boshqa tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida alohida fakultet mavjud boʻlib, unda oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlanadi.


  1. „Hamshira“. www.kasbing.uz. 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.