Kontent qismiga oʻtish

Jahongirnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Jahongirnoma"dan yoʻnaltirildi)

"JAHONGIRNOMA", "Tuzuki Jahongiri" ("Jahongir tuzuklari") — Boburiylardan Jahongirshohning asari. "J." uslubi va tuzilishi jihatdan "Boburnoma"ga oʻxshash, fors tilida yozilgan. Asarda 17-asrning 1-choragida Hindistonda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, Dekandagi xonliklarning boʻysundirilishi, Hindistonning tabiati, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, shahar va oʻlkalarning iqtisodiy, madaniy hayoti, meʼmorligi, mashhur olim va shoirlari haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan. Musavvir Abulhasan "J."ning birinchi nusxasiga muallifning rasmi va b. miniatyuralarni mohirona chizgan. "J."ga Jaxongirshohning sheʼriy misralari ham kiritilgan. Asarda saroy xayoti, hind xalqlarining urf-odati, hindmusulmon masalalari ustida ham birmuncha fikr yuritilgan. "J." Hindiston, Movarounnaxr va Eron oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga boy manbadir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil