Kontent qismiga oʻtish

Kafolat sugʻurta kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Kafolat" sug'urta kompaniyasidan yoʻnaltirildi)

"KAFOLAT" SUGʻURTA KOMPANIYASI — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14 martdagi qaroriga koʻra ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan. Boshqaruv direksiyasi Toshkent sh.da. Respublikaning barcha viloyatlari markazlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent sh.da14 filiali, respublika shaharlarida 56 boʻlimi faoliyat koʻrsatadi.

Bankning asosiy aksiyadorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (hissasi 8,33%), "Oʻzagrosugʻurta" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (50%), "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy investitsiya kompaniyasi (8,33%), "Asakabank" (1,64%), "Ipak nuri" banki (1,67%) va b. Aksiyalarning 30% ochiq sotuvda joylashtirilgan. Respublikada 30 dan ortiq turdagi sugʻurta xizmatlari koʻrsatadi, jumladan, aholi va mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mulkini; garovga qoʻyilgan mulkni; fuqarolarning imoratlarini va uy mulki, ularning xoʻjaliklaridagi uy hayvonlarini; jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalarini; yuklarni; havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarini; fuqarolar hayoti va salomatligini; sportchilarni yigʻinlar va musobaqalar davrida; birja brokerlari; notariuslarning kasb masʼuliyatini va b.ni sugʻurtalashni olib boradi. Kompaniyaning ustav kapitali (mln. soʻm) 600, javobgarlik hajmi summasi 150784,9, sugʻurta mukofotlari summasi 1089,9, toʻlangan qoplamalar hajmi 70,0 (2001)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil