Kelinoy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"KELINOY" — xalqdostoni; shu nomdagi liro-epik dostonlar turkumi. 19— 20-asrlarda yaratilgan. Surxondaryo va Qashqadaryoda, shuningdek, Tojikiston va Turkmanistonning jan. hududlarida yashovchi oʻzbeklar oʻrtasida keng tarqalgan. Dastlab naql, rivoyat va termalar sifatida (kichik epik va xayotiy voqealar asosida) yuzaga kelgan. Keyinchalik yaxlit va mustaqil syujetli doston shaklida kuylangan. "K."ning bir necha tarixiy davrlarga xos variant va versiyalari bor. Umir baxshining "K.", Qodir Rahim oʻgʻlining "Masharoy-Norgʻuloy", Rajab baxshi va Buri boxshmlarning "Izzatoy" kabi "K." dostoni variantlarida bosh qahramon (Ke-linoy)ning goʻzalligi, aql-idroki taʼriflanib, tengsiz nikoh, baʼzi salbiy urf-odatlar qoralangan. Keyinchalik Tosh Chorshanba oʻgʻli, Umir baxshi, Mamadrayim baxshi (1889—1970), Hazratqul Xudoyberdi oʻgʻli, Chori Xoʻjamberdi oʻgʻli, Zohir Qoʻchqor oʻgʻli va b. baxshilar yaratgan "Oysha", "Toshgul", "Oytoshgul", "Xonsuluv", "Oysihat" va "K." turkumidagi boshqa dostonlarda xotin-qizlar erki va xalq ozodligi masalalari ilgari surilgan. "K." turkumida hozirgi ham dostonlar yaratilmoqda va ijro etilmoqsa. Ad.: Kelinoy, T., 1962.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |