Namanganmash aksiyadorlik jamiyati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Namanganmash aksiyadorlik jamiyati – „Oʻzmashsanoat“ uyushmasi tarkibidagi yirik korxona. 1962-yilda Namangan mashinasozlik zavodi nomi bilan bunyod etilgan. Korxona, asosan, neft va gaz sanoatida, kommunal xoʻjaligida ishlatiladigan suriluvchi shpindelli egiluvchan klinli poʻlat, titan, choʻyan zulfinlar, surilmaydigan shpindelli, parallel chuyan zulfinlar, korroziyabardosh membranali klapanlar, yuqori bosimda ishlaydigan ventillar ishlab chikaradi.
1967-yilda truboprovodli zadvijkalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1973-yildan boshlab DU-150, DU-200 titan zadvijkalar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi va 1980-yilga kelib ularning nomenklaturasi 15 xilga yetkazildi. Namanganmash aksiyadorlik jamiyati hajmlari koʻpay-ib, qoʻshimcha ish joylari yaratildi hamda mahsulotlarni eksport qilish yoʻlga qoʻyildi. Zadvijkalarning yangi turlarini oʻzlashtirish va choʻyan hamda poʻlat quyma texnologiyalarni joriy qilish maqsadida yangi quyuv sexi qurib ishga tushirildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng korxonada respublika ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bir necha turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlana boshladi. Buning uchun, metall yuzasiga polietilen qoilash va quyuv sexida poʻlat chiqindilarni eritib mahsulotlar quyish tex-nologiyalari oʻrnatildi. Natijada korxonada ishlab chiqarilgan membranali klapanlar, choʻyan va poʻlat quyma zulfinlar ichki va tashqi bozorda sotilmoqda. Mahsulotlar (payvandlangan, quyma poʻlat zulfinlar), asosan, Belarus, Kozogʻiston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |