Nyumont mayning
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"NYUMONT MAYNING" (ing. -yangi togʻ konlari) — jahondagi oltin qazib chiqaradigan va sotadigan yirik korporatsiya. Markaziy boshkaruv idorasi AQShning Kolorado shtata Denver shahrida. "N.M." 1921-yilda AKD1ning Delaver shtatida taʼsis etilgan. Faoliyatining dastlabki yillarida foydali qazilmalarni (asosan, nikel, mis, kumush, oltin, kumir va boshqalar) qidirish, kdzib olish va ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.
20-asrning 80-yillaridan boshlab korporatsiya oltin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2002-yilda bir yilda oltin ishlab chiqarish hajmini 270 t ga, mis ishlab chiqarishni 8 mln. t ga yet-kazib, dunyoda 1-oʻringa chiqib oldi. Korporatsiya oʻz faoliyati davomida ishlab chiqarishni kengaytirishga, yangi konlarni qidirib topishga, rudadan ajratib olinadigan oltin miqdorini koʻpaytirishga, ishlatiladigan texnika va texnologiyani takomillashtirishga katta eʼtibor beradi. Natijada 1 unsiya (31,4 g) oltin ishlab chiqarish tannarxini jahondagi eng past miqsorga — 175 dollarga pasaytirishga erishdi. Korporatsiya konlari AQShning Shimoliy Nevada va Kaliforniya shtatlari, Peru, Indoneziya, Avstraliya, Meksikada joylashgan. Oʻzbekistonda "Zarafshon—Nyumont" qoʻshma korxonasini tashkil etgan.
"N.M." har yili jahon bozorida 1,4 mlrd. AQSH dollari miqdorida oltin sotadi. Jami ishchixizmatchilar soni 10 mingdan ziyod.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |