Kontent qismiga oʻtish

Paxtajin kb aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"PAXTAJIN KB" AKSIYADORLIK JAMIYATI — paxta xom ashyosi, jun va bugdoyni dastlabki qayta ishlash majmualari va uskunalarini loyihalash va ishlab chiqarish boʻyicha konstruktorlik byurosi. "Oʻzmashsanoat" uyushmasi tarkibida. 1953—94 yillarda paxta tozalash boʻyicha Toshkent Davlat maxsus konstruktorlik byurosi, 1994—2001-yillarda paxta tozalash boʻyicha maxsus konstruktorlik byurosi deb nomlangan. 2003-yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida joylashgan. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Shoʻralisoy posyolkasida sinov bazasi bor. Korxona issiklik generatorlari, paxtani quritish, tozalash, jinlash va linterlash, tola, lint, chigit, gʻalla, jun tozalash mashinalari, tolali chiqindilarni to-zalagichlar, urugʻlik tayyorlash mashinalari, tashish (ekskavatorlar, konveyerlar), changtozalash va yordamchi jihozlar, reduktorlar ishlab chiqaradi. Korxona oʻz mahsulotlarini Bolgariya, Afgʻoniston, Gretsiya va boshqa mamla-katlarga eksport qiladi.

1953-yilda paxta tozalash sanoatini texnika bilan qayta qurollantirish vazifalarini hal etish uchun tashkil etilgan. Sobik, SSSRda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar va mexa-nizmlar yaratish boʻyicha yagona konstruktorlik byurosi boʻlgan. 50 yil davomida KB da 300 dan ortiq turdagi yangi texnika namunalari yaratildi. Paxtani qopqanorsiz tashishdan boshlab, uni dastlabki qayta ishlash — tola ajratish potok liniyalari yaratildi. Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyodagi bosh-ka paxtakor respublikalardagi barcha paxta zavodlari KB da yaratilgan mashina-mexanizmlar bilan jihozlangan.

"Mehnat" paxta tozalagichi, "Zafar" va "Paxtakor" tola tozalagichlari, "Gʻayrat" arrali jin mashinalari Plovdiv, Zagreb, Moskva, Qohira, Saloniki, Tehron xalqaro koʻrgazmalarida namoyish etilgan va oltin, kumush medallar sovrindori boʻlgan. KB muhandis-konstruktorlaridan 5 kishiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi, 5 kishiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan muhandis unvoni berilgan. Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda KB da keyingi yillarda paxta tozalash sanoati uchun yangi texnika tayyorlashdan tashqari yogʻmoy sanoati uchun bitter-separatorlar, shuningdek, jun tozalash jihozlari, don tozalagich, paxta lintidan sellyuloza olish kompleksi uchun jihozlar va boshqa texnika vositalari yaratildi.

Viktor Semeykin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil