Kontent qismiga oʻtish

Paxtasanoatilm ilmiyishlab chiqarish markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

"PAXTASANOATILM" ILMIYISHLAB CHIQARISH MARKAZI -paxta tozalash sanoati tarmogʻida Markaziy Osiyoda yetakchi ilmiy-metodik markaz. 1998-yilda Markaziy paxta tozalash sanoati ilmiy tadqiqot instituti (SNIIX prom., 1926-yil) negizida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan.

Muassasa respublika paxta tozalash sanoatida texnika taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturini ishlab chiqadi, paxta tozalash sanoati sohasidagi ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvo-fiqlashtiradi, paxtani qayta ishlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi, yangi agregatlar, jahon standartlari talablariga javob beradigan sifatli tola ishlab chiqarishni taʼminlaydigan mashinalar va uskunalar tayyorlaydi hamda ularni ta-komillashtiradi, tarmoqning iqtisodiy-texnikaviy, meʼyoriy va boshqa ilmiy-texnik qujjatlarini tayyorlaydi. Uning tarkibida 7 ta ilmiy lab. (paxta xom ashyosini quritish va tozalash; aerodinamika, changsizlantirish va avtomatlashtirish; linterlash va joʻvali jinlash; urugʻlik chigit tayyorlash; paxta xom ashyosi muammolari; paxta tozalash sanoati iktisodiyoti), 2 ta boʻlim (standartlashtirish va metrologiya; il-miytexnik va patent axboroti), yangi texnika va texnologiyalarni paxta tozalash korxonalarida joriy etish boʻyicha boshkarma, shuningdek, takomillashtirilgan texnologik jarayonlarni hamda yaratilgan yangi uskunalarni sinovdan oʻtkazish va joriy qilishga moʻljallangan 5 ta (Bektemir, Angor, Bagʻdod, Qoʻshkoʻpir, Asaka-2) tajriba-eksperimental paxta tozalash korxonalari hamda eksperimental-mexanika "RIM ustaxonasi" korxonasi mavjud.

1991—2002-yillarda yuqori samarali paxtani quritish qurilmalari, paxta tozalash agregatlari, arrali jinlar, tola tozalagichlar, urugʻlik chigit tayyorlash uskunalari, changsizlantirish qurilmalari va boshqa muhim ixtirolar amalga oshirildi.

Markaz faoliyati KM.Nuraliyev, N.B.Sorkin, P.V.Baydyuk, X.A.Karimov, S.N.Nusratov, O.A.Akramov, E.T.Maksudov, I.K.Hafizov, P.M. Kattaxoʻjayev, A.G.Shaydullin, V.Ye.Ustyugin, U.X.Azizxoʻjayev, M.T.Hojiyev, S.A.Saidahmedov, A.K.Kalimulin, SU. Saidxonov va boshqa olimlar, muxandislar, konstruktorlar nomlari bilan bogʻliq.

Markazda 2 jildli "Paxtani dastlabki ishlash boʻyicha bildirgich" (1994), "Paxtani dastlabki qayta ishlash" oʻquv qoʻllanmasi (1999—2002; rus va uzbek tillarida) nashr etildi. Markaz huzurida ilmiy Kengash va "Paxta" texnik qoʻmitasi ishlaydi.

Vohid Rakite.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil