Kontent qismiga oʻtish

Pravda vostoka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
("Pravda vostoka"dan yoʻnaltirildi)
Pravda vostoka
Turi ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta
Formati A2
Kimga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Asos solingan 1924-yil 25-noyabr
Narxi 7000 soʻm
Adadi 10000 nusxa
Vebsayt pv.uz

Pravda vostoka ("Sharq haqiqati") — Toshkent shahrida rus tilida chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kundalik gazeta. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Dastlab "Nasha gazeta" ("Bizning gazetamiz", 1917-yil 15-apreldan 1919-yil 12-aprelgacha), "Izvestiya SIK Turkestanskoy Respubliki i kraykoma KPT, SK Kompartii Turkestanskoy ASSR" ("Turkiston Respublikasi MIK va Turkiston Kompartiyasi ulka komiteti, Turkiston ASSR Kompartiyasi MK axboroti", 1919-yil 12-apreldan 1922-yil 20-iyulgacha), "Turkestanskaya pravda" ("Turkiston haqiqati", 1922-yil 20-iyuldan 1924-yil 25-noyabrgacha) nomlarida chiqqan. 1924-yil 25-noyabrdan xrz. nomda. Sahifalarida qishloq xoʻjaligi, sanoat, fan va madaniyat taraq-qiyoti, adabiyot va sanʼat, uzbek xalki tarixiga oid ilmiy, muammoli, tahliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida tarixning oʻqilmagan sahifalariga, Oʻzbekistonning yangi tarixiga koʻproq eʼtibor qaratiladi. Respublikadagi barcha viloyatlarda maxsus muxbirlari bor. Bosh muharriri — B. M. Hasanov. Adadi 10000 (2003).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil